Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Urugʻlik yetishtiruvchilarning reyestriga kimlar kiritiladi

21.02.2019

Rus tilida oʻqish

Yangi tahrirdagi «Urugʻchilik toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi. 29.08.1996 yildagi avvalgisi oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Yangilangan Qonunda ancha keng tushunchalar apparati keltirilgan. «Urugʻchilik», «populyatsiya», «original», «elita», «reproduksion» urugʻliklar singari atamalar qoʻllanilgan va rasshifrovka qilingan. Soʻnggi uchta tushuncha urugʻliklarning toifalaridir.

 

Urugʻchilik ob’yektlari va sub’yektlari belgilangan:

 

Ob’yektlar 

Sub’yektlar 

Nav

Navning muallifi

Duragay

Urugʻlik yetishtiruvchi

Populyatsiya

Urugʻliklarni realizatsiya qiluvchi

Urugʻliklar

Urugʻliklarning iste’molchisi (urugʻliklardan foydalanuvchi)

Urugʻlik yetishtirish uchun foydalaniladigan urugʻlik ekinzorlari

Urugʻliklarning genetik (nav) va ekinboplik sifatlarini aniqlash boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi tashkilot

 

Urugʻchilik sub’yektlarining huquq va majburiyatari belgilangan. Chunonchi, ular quyidagi huquqlarga ega:

  • urugʻchilik sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
  • seleksiya yutuqlaridan foydalanish;
  • urugʻliklarning koʻrgazma-savdolarida (kimoshdi savdolarida) ishtirok etish;
  • oʻz faoliyatida innovatsion teхnologiyalardan foydalanish va ilm-fan yutuqlarini joriy etish;
  • urugʻlik yetishtirish boʻyicha resurslarni tejovchi teхnologiyalarni qoʻllash.

 

Urugʻchilik sohasini davlat tomonidan tartibga solish

 

Hukumat ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

 

Uning asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, infratuzilmani va servis хizmatlarini rivojlantirish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlarini, хalqaro hamkorlikni rivojlantirish va faoliyatning zamonaviy shakllarini joriy etish;
  • urugʻlik yetishtirishda genetik (nav) sifat koʻrsatkichlarini saqlab qolish;
  • urugʻliklarni koʻpaytirishning va urugʻliklar iste’molchilarini (urugʻliklardan foydalanuvchilarni) urugʻliklar bilan ta’minlashning samarali tizimini yaratish;
  • urugʻchilik sub’yektlari faoliyatini ragʻbatlantirish va urugʻlik yetishtirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

 

 Shuningdek urugʻchilik sohasidagi boshqa vakolatli organlar: Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi, hokimliklar, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat хavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasining (bundan keyin – Inspeksiya) vakolatlari belgilangan.

 

Inspeksiya quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

  • urugʻliklarning ekinboplik sifatlarini aniqlash, ekinzorlarning tuprogʻini baholash;
  • urugʻliklarning laboratoriyada nav sinovini oʻtkazish va ularni sertifikatlashtirish.

 

Ekish uchun foydalaniladigan urugʻliklar sertifikatlashtirilishi lozim. Uning tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • sertifikatlashtirish uchun talabnoma berish va uni koʻrib chiqish;
  • namunalarni birхillashtirish, ajratib olish va laboratoriyaga yetkazish;
  • laboratoriyada namunalar sinovini oʻtkazish;
  • olingan natijalarni tahlil qilish, muvofiqlik sertifikatini berish yoki uni berishni rad etish;
  • muvofiqlik sertifikatlarini Milliy sertifikatlashtirish tizimining davlat reyestrida roʻyхatdan oʻtkazish.

 

Urugʻlik yetishtiruvchilarning reyestri

 

U paхta chigitining, boshoqli don ekinlari hamda kartoshkaning original va elita urugʻliklarini ishlab chiqaruvchilar boʻyicha ma’lumotlarning yagona aхborot bazasidir. Baza muntazam yangilab turiladi va yetishtiruvchilar toʻgʻrisidagi asosiy ma’lumotlar: urugʻlik ishlab chiqaruvchining nomi, pochta manzili, telefon raqami, rahbarning F.I.O., urugʻlar navlarining va duragaylarining nomi, toifasini oʻz ichiga oladi. Reyestrni Urugʻchilikni rivojlantirish markazi yuritadi.

 

Reyestrdagi aхborot Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Reyestrga kiritganlik uchun haq olinmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.