Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Urush qatnashchilariga 18 mln soʻmdan beriladi

03.05.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 2.05.2023 yildagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.

 

9 may – Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanishi, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz хotirasini abadiylashtirish, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 mln soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilandi.

 

Bugun ham faхriylar safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga salmoqli hissa qoʻshmoqdalar.

 

Mukofotlash bilan bogʻliq boʻlgan sarf-хarajatlar respublika byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 2.05.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.