Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimlik va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar uchun choralar kuchaytirilmoqda

12.12.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 07.12.2023 yildagi «Oʻsimlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilishga oid qonunchilik hujjatlariga rioya etilmaganligi uchun huquqiy ta’sir choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining «Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruхsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida» 2014 yil 20 oktyabrdagi 290-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»gi 649-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan oʻsimliklarga yetkazilgan zarar miqdorini hisoblash uchun koeffitsiyent 5 baravarga oshirilib, quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda (bitta oʻsimlik uchun):

  • yoʻqolib ketayotgan oʻsimlik uchun – BHMning 10 baravari;
  • kamyob oʻsimlik uchun – BHMning 4 baravari;
  • kamayayotgan oʻsimlik uchun – BHMning 2,5 baravari.

 

Shuningdek hayvonlarga yetkazilgan zarar uchun undiruvlar 10 baravarga oshirilmoqda. Misol uchun, endilikda bitta qoplonni yoʻq qilganlik uchun Oʻzbekiston fuqarolaridan BHMning 3000 baravari miqdorda, chet el fuqarolari va yuridik shaхslardan $400 000 miqdordagi summa undiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.12.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev.