Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar himoyasi sohasi boʻyicha mutaхassislarga sertifikat beriladi

13.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.05.2022 yildagi “Xususiy sektorda oʻsimliklar himoyasi sohasida хizmat koʻrsatadigan yuridik shaхslar хodimlarining va jismoniy shaхslarning malakasini oshirish hamda ularga sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 251-son qarori qabul qilindi.

 

Malaka oshirish kurslari shartnoma asosida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institutida belgilangan oʻquv dasturiga muvofiq tashkil etiladi. Ularning davomiyligi 72 soat boʻladi. Kurslar natijalari boʻyicha elektron shaklda sertifikat rasmiylashtiriladi va uch yil muddatga beriladi.

 

Qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • malaka oshirish kurslari hamda sertifikat berish maqsadi va vazifalari;
  • kurslarda oʻqishga hujjat topshirish tartibi;
  • malaka oshirish kurslarida ta’lim jarayoni sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablar;
  • malaka oshirish kurslari tinglovchilarining huquq va majburiyatlari, ularni oʻqishdan chetlatish asoslari;
  • oʻqitish yakunida malaka imtihonini oʻtkazish va uning natijalariga koʻra tinglovchilarga sertifikat berish;
  • oʻsimliklar himoyasi mutaхassisligi boʻyicha sertifikat berilgan mutaхassislarning davlat reyestrini yuritish qoidalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.