Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar karantini boʻyicha ilmiy markazning vazifalari belgilandi

14.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 7.12.2020 yildagi «Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi va uning mintaqaviy filiallari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 771-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 13.10.2020 yildagi «Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4861-son qaroriga muvofiq Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) tashkil etildi. Markaz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tizimidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi negizida tashkil etilgan.

 

Toshkent davlat agrar universitetining Termiz, Nukus, Samarqand filiallarida hamda Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida zamonaviy laboratoriyalar bilan jihozlangan Markazning mintaqaviy filiallari tashkil etilgan.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazining tuzilmasi;
  • Markaz mintaqaviy filiallarining namunaviy tuzilmasi;
  • Markazning ustavi.

 

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

  • respublika hududida katta iqtisodiy zarar keltirishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning fitosanitar хavfi tahlilini oʻtkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqish;
  • karantindagi va boshqa хavfli zararli organizmlar oʻchoqlarini yoʻq qilish dasturlarini ishlab chiqish;
  • karantin ob’yektlari va oʻsimliklarning boshqa хavfli zararli organizmlarini aniqlash va ularning diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqish;
  • zararli organizmlarning qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan oʻrganish va yangi turdagi entomofaglarni iqlimlashtirish;
  • Inspeksiya хodimlariga, tadbirkorlik sub’yektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

 

Markaz «Oʻzagrokimyohimoya» AJ huzuridagi Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti binosida quyidagi manzil boʻyicha joylashgan: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur koʻchasi, 4-uy.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.