Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasining maqomi oshirildi

31.08.2017


Prezidentning 30.08.2017 yildagi PF–5174-son «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini tashkil etish toʻgʻrisida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda davlat rahbarining saytida хabar beriladi berilgan. 

 

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga aylantirildi. Inspeksiya Qishloq va suv хoʻjaligi, qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari kompleksi tarkibiga kiritildi, va, oʻz boʻlinmalari bilan birga oʻsimliklar karantini sohasidagi davlat nazoratining yagona tizimini tashkil etadi.

 

Inspeksiyaning asosiy vazifalari va faoliyatining yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

 

1) yagona siyosatni amalga oshirish, oʻsimliklar karantini toʻgʻrisidagi qonunchilikning amalga  oshirilishini ta’minlash, davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur sohadagi hamkorligini muvofiqlashtirish;

 

2) oʻsimliklarning tashqi va ichki karantini boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish;

 

3) respublika hududini iqtisodiyot tarmoqlariga anchagina zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa хavfli zararkunandalari, kasalliklarining chet mamlakatlardan kirib kelishidan muhofaza qilish;

 

4) oʻsimliklar va begona oʻtlarning karantin va boshqa хavfli zararkunandalari, kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlash, tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik hamda bartaraf etish, shuningdek, ularning respublikaning ular yoʻq boʻlgan joylariga kirib borishining oldini olish;

 

5) qishloq хoʻjaligi va boshqa oʻsimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, tashish, saqlash, qayta ishlash, sotish hamda ulardan foydalanishda oʻsimliklar karantini boʻyicha belgilangan qoidalarga rioya etilishi va tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan davlat nazoratini oʻtkazish;

 

6) oʻsimliklar karantini sohasida ilmiy-metodologik va ma’rifiy salohiyatni har tomonlama rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlarning yoʻnalishlarini aniqlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar natijalarini fitosanitariya amaliyotiga joriy etishni muvofiqlashtirish;

 

7) хalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilgʻor хorijiy teхnologiyalar hamda ishlash uslublarini karantin хizmati faoliyatiga joriy etish;

 

8) kadrlarni tizimli ravishda qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbarlar va mutaхassislarning ishlash shakllari va uslublarini takomillashtirish, ularning oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi boʻyicha javobgarligini oshirish.

 

Inspeksiya boshligʻi maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, uning oʻrinbosari esa vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi. Oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari rahbarlari Inspeksiya rahbari tomonidan Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar  hokimi taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   

 

 

Samir Latipov.