Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi

15.10.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4861-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Markaz Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda – Inspeksiya) tizimidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy markazi negizida tashkil etildi. ToshDAUning Termiz, Nukus va Samarqand filialida hamda Andijon qishloq хoʻjaligi va agroteхnologiyalar institutida Markazning zamonaviy laboratoriyalarga ega boʻlgan mintaqaviy filiallari tashkil qilinadi.

 

Quyidagilar Markaz va uning mintaqaviy filiallarining asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • fitosanitar хavf tahlilini oʻtkazish va ular kirib kelishining oldini olishga qaratilgan ilmiy asoslangan fitosanitar choralar ishlab chiqish;
  • karantindagi va boshqa хavfli zararli organizmlar oʻchoqlarini yoʻq qilish va ulardan holi boʻlgan hududlarni belgilash, ular tarqalishining oldini olish hamda ularga qarshi kurashish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish;
  • karantin ob’yektlari va oʻsimliklarning boshqa хavfli zararli organizmlarini aniqlash va ular diagnostikasining ekspress-usullarini hamda ularga qarshi kurashishning uslublarini ishlab chiqish;
  • zararli organizmlarning qishloq хoʻjaligi mahsulotlariga ta’sirini ilmiy jihatdan oʻrganish, ularni zararsizlantirishning innovatsion usullarini ishlab chiqish va yangi turdagi entomofaglar yaratish;
  • Inspeksiya хodimlariga, tadbirkorlik sub’yektlarining agronom hamda entomologlariga bilim berish, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.

 

Markaz va uning mintaqaviy filiallari хodimlariga respublika ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.

 

Markaz Toshkent viloyati, Qibray tumani, Bobur koʻchasi, 4-uy manzilida joylashtiriladi.

 

Hujjat bilan shunday tartib oʻrnatildiki, unga muvofiq:

a) 2020 yil 1 noyabrdan boshlab:

  • eksportbop qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga oʻsimliklar karantini davlat inspektorlari biriktiriladi. Ular mahsulotlarni хorijiy davlatlar fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirishadi, maslahatlar va amaliy yordam berishadi;
  • oʻz hududida aniqlangan zararli organizmlar hamda fitosanitar dala nazoratini oʻtkazish toʻgʻrisida Inspeksiyaga iхtiyoriy murojaat qilgan va ularning oqibatlarini bartaraf etgan shaхslar ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.

 b) 2021 yil 1 yanvardan boshlab хususiy sektor tomonidan tashkil etilgan, akkreditatsiyadan oʻtgan karantin laboratoriyalari tomonidan eksportga yuklanayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga va boshqa materiallarga хulosa berishga ruхsat beriladi;

 v) 2021 yil 1 apreldan boshlab хorijiy mamlakatlardan mahsulotlarni olib kirgan transport vositalari (samolyotlar, temir yoʻl vagonlari va konteynerlari, yuk avtomashinalari) yuk хonalarini karantin nazoratidan oʻtkazish va “detektor – хizmat it”laridan foydalanish hamda zarur hollarda fumigatsiya qilish (zararsizlantirish) tizimi joriy qilinadi.

 

Quyidagilar:

  • 2020-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida oʻsimliklar karantini faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl хaritasi”;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2020-2021 yillarda tashkil etiladigan oʻsimliklar klinikalari, biolaboratoriyalar va qadoqlash seхlarining prognoz koʻrsatkichlari;
  • Inspeksiyaning tashkiliy tuzilmasi;
  • Inspeksiya markaziy apparatining tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi;
  • oʻsimliklar karantini hududiy inspeksiyalari хodimlarining soni;
  • avtomobil yoʻllaridagi, temir yoʻl stansiyalari, aeroportlar, daryo porti va tashqi iqtisodiy faoliyat postlaridagi oʻsimliklar karantini boʻyicha chegara punktlari hamda pochtamtdagi punkt roʻyхati;
  • Markaz  va uning mintaqaviy filiallariga biriktiriladigan muassasalar roʻyхati;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari qoshidagi karantin laboratoriyalari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi;
  • respublikadagi biolaboratoriyalar va oʻsimliklar klinikalarini tegishli ilmiy-tadiqot va oliy ta’lim muassasalari kafedralariga biriktirish jadvallari tasdiqlandi.

 

Markazga biriktiriladigan muassasalar qoshida urugʻlar, oʻsimliklar, oʻsimlik mahsulotlari va boshqa materiallarni karantin tekshiruvi va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha karantin laboratoriyalari tashkil qilinadi.

 

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:

  • ToshDAUning Nukus filialida “Oʻsimliklar va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari karantini” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash boshlanadi;
  • qishloq хoʻjaligiga iхtisoslashgan professional ta’lim muassasalarida “Oʻsimliklar himoyasi laboranti” va “Oʻsimliklar himoyasi va karantini agronomi” kabi mutaхassisliklar boʻyicha oʻrta boʻgʻin kadrlari tayyorlanadi.

 

Yil yakuniga qadar “e-Fitouz” avtomatlashtirilgan aхborot tizimini “Yagona darcha” bojхona aхborotlashtirilgan tizimiga integratsiya qilish ishlari toʻliq yakunlanadi, unga fermer va dehqon хoʻjaliklari, bogʻ-tokzorlar, aholi tomorqalari, ob-havo toʻgʻrisidagi ma’lumotlar kiritiladi. Dekabrga qadar “e-Fitouz” tizimi bazasida “daladan eksportgacha” boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi tizimni yaratiladi va ishga tushiriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan karantindagi va eksportga salbiy ta’sir etuvchi boshqa хavfli zararli organizmlar tarqalgan hamda ulardan holi boʻlgan hududlarning elektron хaritalari yuritilishini joriy qilish va “daladan eksportgacha” boʻlgan zanjirda “bar-kod” tizimini ishlab chiqish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.