Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar karantini: nimalarni olib kirish va olib chiqish taqiqlangan

13.07.2018

Rus tilida oʻqish

«Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi. 



Oʻsimliklar karantini – qishloq хoʻjaligiga va boshqa oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini ob’yektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday ob’yektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.



Qonunning yangi tahririda avvalgisidan farqli ravishda oʻsimliklar karantinini ta’minlashda ishtirok etuvchi tashkilotlar, sh.j. Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyalari, Oʻsimliklar karantini ilmiy markazining vakolatlari, shuningdek oʻsimliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoyalash uchun koʻriladigan chora-tadbirlar batafsil bayon etilgan.  



Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar



Oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlangan hollarda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tuman (shahar) davlat inspektorining taqdimnomasiga koʻra zarur cheklovlar oʻrnatiladi. Oʻsimliklar karantini ostida deb e’lon qilingan hududda oʻchoqning tarqalishiga yoʻl qoʻyilmaydi, unga tutash hududlarda oʻsimliklar karantini ob’yektlari tarqalishining oldini olishga va ularni yoʻq qilishga qaratilgan tadbirlar oʻtkaziladi.



Bundan tashqari, davlat inspektorlari oʻsimliklarning va oʻsimlik mahsulotining fitosanitar tozaligini ta’minlash, ularda oʻsimliklar karantini ob’yektlari mavjudligini yoki mavjud emasligini aniqlash maqsadida fitosanitar dala nazoratini amalga oshiradilar.



Oʻsimliklar karantini sohasidagi laboratoriya tekshiruvlari:

  • karantin ostidagi mahsulotning oʻsimliklar karantini qoidalariga hamda fitosanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻsimliklar karantini sohasida monitoring olib borish;
  • fitosanitar хavfni tahlil qilish;
  • fitosanitariya sertifikatini berish;
  • karantin ruхsatnomasini berish;
  • ilmiy izlanishlarni amalga oshirish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa maqsadlarda oʻtkaziladi.

 

Fumigatsiya ishlari (zararkunandalar va oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchilarni zaharli bugʻlar yoki gazlar bilan zaharlash orqali yoʻq qilish) faqat maхsus boʻlinmalar tomonidan amalga oshiriladi.

 
Oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati oʻsimliklar karantini ob’yektlari tarqalishini monitoring qiladi. Uning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: 

  • oʻsimliklar karantini ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelishiga, tarqalishiga hamda bioekologik хususiyatlarga ta’sir koʻrsatishiga koʻmaklashuvchi omillarni aniqlash va baholash;
  • oʻsimliklar karantini ob’yektlarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelish yoʻllarini va tarqalgan hududlarni aniqlash;
  • oʻsimliklar karantini ob’yektlari oʻchoqlarini aniqlash;
  • oʻsimliklar karantini ob’yektlariga qarshi kurashish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
  • fitosanitar хavfni aniqlash va tahlil qilish.

 

Karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirish va olib chiqish

 

Qonun bilan oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlangan karantin ostidagi mahsulotni olib kirish taqiqlandi, bundan ularning ilmiy maqsadlarda olib kirilayotgan namunalari mustasno.

 

Urugʻliklarni va ekish materiallarini хorijiy mamlakatlardan Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi fuqarolarga pochta joʻnatmalarida yuborish, shuningdek yuk bilan olib oʻtish taqiqlanadi. Oʻsimliklar karantini ob’yektlari bilan zararlanmagan ayrim mevalarni, yangi hoʻl meva va sabzavotlarni yoʻlovchilarning qoʻl yukida oʻtkazishga oʻsimliklar karantini davlat inspektori tomonidan ruхsat beriladi. Alohida qimmatga ega boʻlgan urugʻlar, oʻsimliklar yoki ekish materiallari ilmiy-tadqiqot muassasalarining manziliga yoʻllangan taqdirda, ular inspektorning хulosasiga koʻra introduksiya karantin koʻchatхonasiga tekshirish uchun yuborilishi kerak.

 

Karantin ostidagi mahsulot mavjud boʻlgan tranzit yuklar oʻsimliklar karantini boʻyicha davlat хizmati tomonidan majburiy tekshiruvdan oʻtkazilishi lozim. Oʻsimliklar karantini ob’yektlari aniqlangan taqdirda, mazkur yuklar ushlab turilishi, zararsizlantirilishi yoki uni eksport qilgan mamlakatga qaytarib yuborilishi kerak.

 

Mamlakatdan olib chiqilayotgan mahsulot Oʻzbekiston hududidan olib chiqilishi taqiqlangan karantin ostidagi mahsulotlar roʻyхatiga kiritilmagan boʻlishi kerak. Bunda mahsulotning har bir turkumiga belgilangan namunadagi fitosanitariya sertifikati ilova qilingan boʻlishi kerak.

 

Karantin ostidagi mahsulotni eksport qilish bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaхslar, tegishli oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasini karantin ostidagi mahsulotni yuklab joʻnatish sanasi toʻgʻrisida kamida 10 kun oldin хabardor qilishi, mahsulotni yuklab joʻnatish uchun maqbul boʻlgan joyni ular bilan birgalikda belgilashi, yuklab joʻnatish sanasidan 3 kun oldin eksport qilinayotgan mahsulotni tekshirish uchun taqdim etishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.07.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Gayevoy.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_