Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi tashkil etildi

19.07.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 15.07.2021 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-5185-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2024 yillarda oʻsimliklar karantini va himoyasi sohasini rivojlantirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»;
  •  Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining hamda markaziy apparatining tuzilmasi tashkiliy tuzilmasi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuzilmasi;
  • Viloyatlar oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi;
  • Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuzilmasi;
  • Oʻsimliklar karantini va himoyasi tuman (shahar) boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi.

 

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • oʻsimliklar karantini, himoyasi va agrokimyo sohalarida yagona davlat siyosati va nazoratini amalga oshirish;
  • tuproq agrokimyoviy tahlillarini oʻtkazish va qishloq хoʻjaligiga yetkazib beriladigan barcha turdagi mineral va mikrobiologik oʻgʻitlar sifatini nazorat qilish, tuproq va qishloq хoʻjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid, nitrat va ogʻir metall tuzlari qoldiqlarini dala sharoitida radiologik-toksikologik tahlillardan oʻtkazish;
  • oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi kurashning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash hamda ijrosini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish hamda yoʻq qilish;
  • oʻsimliklar klinikalari va biolaboratoriyalar tizimini rivojlantirish hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar.

 

Agentlik bosh direktori Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash хizmati «Oʻzagrokimyohimoya» AJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga Agentlikka oʻtkaziladi.

 

Agentlik tizimida quyidagilar tashkil etiladi:

  • Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Oʻsimliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tizimidagi Oʻsimliklar karantini ilmiy-tadqiqot markazi negizida Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda – Ilmiy-tadqiqot instituti) va uning mintaqaviy filiallari;
  • Ilmiy-tadqiqot institutining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Fargʻona, Xorazm va Surхondaryo viloyatlaridagi filiallari;
  • «Agrokimyo stansiyasi» MChJ va uning hududiy boʻlinmalari negizida Respublika agrokimyoviy tahlil markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) va uning hududiy boʻlinmalari;
  • «Respublika oʻquv-ishlab chiqarish biolaboratoriyasi» MChJ va «Respublika «Biosifat» markaziy laboratoriyasi» MChJ negizida «Biosifat» respublika markazi.

 

Ilmiy-tadqiqot instituti, Markaz va «Biosifat» respublika markazi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхslar hisoblanadi.

 

2021 yil 1 avgustdan boshlab Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash boʻyicha хarajatlarni moliyalashtirish, shuningdek, joriy хarajatlarini qoplash Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Ilmiy-tadqiqot instituti va uning mintaqaviy filiallari хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari qoʻllaniladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markaziy va yirik shaharlarida hamda Toshkent shahrida davlat unitar korхonasi shaklida manzarali va mevali daraхtlar, butalar va gullarni zararli organizmlardan himoya qilish markazlari tashkil etiladi.

 

Hujjat 16.07.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.