Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Direktorning oʻzgarishi tufayli my.mehnat.uz saytidagi kabinetga kirishni qanday yoʻqotmaslik mumkin 2026 yil fevraldan boshlab BYuDni toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada nimalar oʻzgardi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi Kompaniyalar uchun MHXSda buхgalteriya va soliq hisobi oʻrtasidagi tafovutlar toʻgʻrisida yangi shakl joriy etildi

Oʻsimliklar karantiniga doir qoidalarni buzganlik uchun sanksiyalar oshirildi

06.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashish qoidalarini buzganlik, shuningdek karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan oʻtkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi (MJTKning 107, 108-moddalari). 2019 yil 2 maydagi OʻRQ–534-son Qonun bilan tegishli tuzatishlar kiritilishi nazarda tutilgan.

 

Huquqbuzarlik

Sanksiya (jarima miqdori)

2019 yil 3 maygacha

2019 yil 3 maydan

Karantin e’lon qilingan zararkunandalarga, oʻsimliklar kasalliklariga va begona oʻtlarga qarshi kurashning sanitariya qoidalarini va boshqa хil qoidalarni buzish

fuqarolarga – 1/3 EKIHdan 1 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga – 1 EKIHdan 2 EKIHgacha

 

fuqarolarga – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha

 

Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar tomonidan zaharli begona oʻtlarga qarshi kurash choralarini koʻrmaganlik

fuqarolarga – 1/3 EKIHdan 1 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga – 1 EKIHdan 2 EKIHgacha

fuqarolarga – 1 EKIHdan 3 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 3 EKIHdan 5 EKIHgacha

Chet mamlakatlardan keltirilib, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan oʻtkazilmagan materiallarni chegaradagi daryo portlaridan (pristanlaridan), temir yoʻl stansiyalaridan, avtovokzallardan (avtostansiyalardan), aeroportlardan va boshqa chegara punktlaridan tashib chiqib ketish

fuqarolarga – 1/2 EKIHdan 2 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga – 2 EKIHdan 5 EKIHgacha

 

fuqarolarga – 2 EKIHdan 5 EKIHgacha

mansabdor shaхslarga  – 5 EKIHdan 10 EKIHgacha

 

 

Bundan tashqari, karantin tekshiruvidan va tegishli ishlov berishdan oʻtkazilmagan materiallarni tashib chiqib ketish ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilganligi uchun oshirilgan jarimalar joriy etildi. Bu holda fuqarolardan 5 EKIHdan 7 EKIHgacha, mansabdor shaхslardan esa 7 EKIHdan 15 EKIHgacha miqdorda jarima undiriladi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 3.05.2019 yildan kuchga kirdi. 

 

Oleg Zamanov.