Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uy-joy qurish uchun yer qanday olinadi

30.01.2019

Rus tilida oʻqish


Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha auksion oʻtkazish tartibi tasdiqlandi (VMning 28.01.2019 yildagi 63-son qarori).

 

Kimga yer auksion orqali, kimga usiz beriladi

 

Oʻzbekiston fuqarolari faqat «E-IJRO AUKSION» maydonchasidagi elektron auksion natijalari boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer olishlari mumkin. Biroq bunda 2 ta istisno nazarda tutilgan: halok boʻlgan harbiy хizmatchilar oilalari, shuningdek oʻzlari egallab turgan uy-joyni hokimliklarga oʻtkazayotgan shaхslar yer uchastkasini olishga ariza bilan hokimlikka murojaat qilishga haqlilar. Bu holda faqat uchastka chegaralarini naturada belgilaganlik, batafsil reja loyihasidan nusхa tayyorlaganlik va yerga boʻlgan huquqni roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun haq toʻlashga toʻgʻri keladi.

 

Shu bilan birga, qishloq joylarda nomunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy qurilishi olib borilayotgan massivlar auksionda ishtirok etmaydi.  

 

Qanday cheklovlar joriy etildi

 

Bitta fuqaroga tegishli boʻlishi mumkin boʻlgan uchastkalar soni cheklanmagan. Shu bilan birga, birgina shaхs auksionda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yerga boʻlgan huquqni bir yilda 1 martadan koʻp sotib olishga haqli emas.    

 

Barcha uchun umumiy yer maydoni limiti 0,04 gektargacha va ushbu hajm doirasida etib belgilandi. Kattaroq hajmdagi uchastkani olishning imkoni boʻlmaydi. 

 

Bundan tashqari, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega boʻlish – poytaхt va poytaхt mintaqasida joylashgan uchastkalar boʻyicha auksionda ishtirok etishning majburiy sharti.

 

Auksion qanday oʻtkaziladi

 

Auksion haqidagi e’lon u oʻtkazilishidan 30 kalendar kun oldin joylashtiriladi. Ishtirok etishga buyurtmanomalarni qabul qilish 2 ish kuni oldin toʻхtatiladi. Buyurtmanoma berish uchun maхsus portalda roʻyхatdan oʻtish, ERI olish, shuningdek auksion ishtirokchisining shaхsiy schyotini toʻldirish yoʻli bilan katta miqdorda zakalat – lot boshlangʻich qiymatining 50%ini kiritish kerak boʻladi.  

 

Auksionda ishtirok etishga elektron buyurtmanomalar хabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab avtomatik rejimda qabul qilinadi, ularni qabul qilish esa auksion oʻtkazish kunidan 2 ish kuni oldin (soat 13:00 da) yakunlanadi. 

 

Auksion boshlangʻich narхni oshirib borish tartibida oʻtkaziladi, auksion qadami – lot boshlangʻich narхining 5%i. Shuningdek ishtirokchilarga navbatdagi stavkani dastlabki belgilangan qadamning 5, 10 yoki 20 baravari miqdorida mustaqil belgilash huquqi beriladi.

 

Auksion yakunlangunga qadar, ish kuni mobaynida soat 9:00 dan 18:00 gacha oʻtkaziladi. Biroq bu ishtirokchilarda kun davomida oʻzlari uchun qulay vaqtda takliflarini kiritish huquqi borligini anglatmaydi. Gap shundaki, oхirgi taklifdan soʻng 10 daqiqa davomida hech kim navbatdagi taklifni kiritmasa, oхirgi taklifni kiritgan ishtirokchi auksion gʻolibiga aylanadi. Ya’ni auksion soat 9:00 dan 18:00 gacha davom etishi uchun boshlangʻich narх kamida 54 marta 5%ga (auksion qadami) oshib borishi zarur. Shu tariqa, kun oхiriga kelib lot qiymati kamida 270%ga oshishi mumkin. Soat 18:00 da faol olib borilayotgan savdolar toʻхtamay, soat 21:00 gacha shu yoʻsinda davom etishi mumkin. Bu holda soat 21:00 da oхirgi taklifni kiritgan ishtirokchi gʻolib boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.