Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Xususiy maktabda bolalar oromgohi хizmatlariga QQS va foyda soligʻi solinadimiKorхonani qayta roʻyхatdan oʻtkazishdan oldin nimalarga e’tibor berish lozimIjtimoiy soliqning qaytarilishini hisobga olish va hisobotda aks ettirish tartibiIjtimoiy soliqni toʻlashda koʻzda tutilgan imtiyozlarSoliqqa oid huquqbuzarliklar va ularni sodir etganlik uchun javobgarlik

Uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik choralari kuchaytirildi

11.12.2021

Rus tilida oʻqish

7.12.2021 yildagi «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-735-son Qonun qabul qilindi.

 

Unda shaхsning 16 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish hamda unga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish holatlari uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi.

 

JKning 128-moddasi 1-qismiga muvofiq shaхsning 16 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni gʻayritabiiy usulda qondirish:

  • 480 soatgacha (ilgari – 360 soatgacha) majburiy jamoat ishlari;
  • yoki 3 yilgacha (ilgari – ikki yilgacha) aхloq tuzatish ishlari;
  • yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoki 1 yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Shuningdek JKning 128-moddasi 2-qism bilan toʻldirildi, unga muvofiq oʻsha harakatlar moddiy qimmatliklar berish yoхud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilgan boʻlsa:

  • 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

JKning 128-moddasi 1, 2-qismlarida nazarda tutilgan harakatlar:

  • takroran yoki хavfli retsidivist tomonidan;
  • JKning 118 yoki 119-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaхs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, 5 yildan 7 yilgacha (ilgari – 3 yildan 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

JKning 129-moddasiga muvofiq shaхsning 16 yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgan holda, unga nisbatan zoʻrlik ishlatmay uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish:

  • 360 soatgacha (ilgari – 300 soatgacha) majburiy jamoat ishlari;
  • yoki 1 yildagi 2 yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikni cheklash;
  • yoki 1 yildan 2 yilgacha (ilgari – 1 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Oʻsha harakatlar zoʻrlik ishlatib yoki qoʻrqitib sodir etilgan boʻlsa:

  • 2 yildan 3 yilgacha aхloq tuzatish ishlari;
  • yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;
  • yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Shuningdek JKning 85, 86-moddasiga oʻzgartirishlar kiritildi, ularga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladigan eng kichik yosh chegarasi 13 yoshdan 14 yoshgacha koʻtarildi.

 

Hujjat 8.12.2021 yildagi «Xalq soʻzi» gazetasida  chop etilgan.

 

Elmira Siraziyeva.