Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
26 martdagi yigʻilish yakunlari: JShDS hisoboti boʻyicha qaysi takliflar Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilindi va qaysilari rad etildi17-29 aprel – ACCA barcha aхborot tizimlarining qayta ishga tushirilishi: talabalar uning boshlanishidan oldin nimalarga ulgurishlari kerakTMZ qoldiqlari boʻyicha «Xabarnoma»: nima uchun umumiy ovqatlanish «nazoratga olindi» va nima qilish kerakImport operatsiyalari qanday amalga oshirilishi kerak

Uyda pilla yetishtirish soliqlardan ozod qilindi

25.11.2024

Rus tilida oʻqish

2024 yil 15 noyabrdagi OʻRQ-1001-son Qonun bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, hujjat bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar kiritilmoqda:

  • jismoniy shaхslarning uy sharoitida tirik pilla yetishtirish faoliyatidan (kasanachilikdan) olingan daromadlari JShDSdan ozod qilinadi;
  • uy sharoitida tirik pilla yetishtiruvchi kasanachilar mehnatiga haq toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi;
  • tutzorlar bilan band boʻlgan yer uchastkalari uchun yer soligʻi koeffitsiyent qoʻllanilgan holda hisoblab chiqariladi.

 

Mazkur qoʻshimcha 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova