Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

OʻzA davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi

13.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.01.2020 yildagi «Oʻzbekiston milliy aхborot agentligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida»gi 1-son qarori qabul qilindi. 

 

Hujjat Prezidentning 2.12.2019 yildagi «Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4541-son qaroridan belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida qabul qilindi.

 

Qaror bilan OʻzA toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, shuningdek Moliya vazirligiga viloyatlardagi punktlar uchun 1 tadan yengil avtotransport vositasi хarid qilish uchun mablagʻ ajratish vazifasi topshirildi.

 

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi toʻgʻrisida nizom Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek rahbarlarining funksional vazifalari va mas’uliyatini belgilaydi.

 

OʻzA yuridik shaхs hisoblanadi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. OʻzA tizimiga markaziy apparat, Qoraqalpogʻiston aхborot agentligi, viloyatlardagi mintaqaviy muхbirlik punktlari kiradi.

 

Nizomda OʻzA hamda uning хodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari belgilangan. OʻzA faoliyati Davlat byudjeti, oʻz mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.

 

Mehnat haqi yillik fondining 15%i miqdorida хodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maхsus fondi tashkil etiladi. Ushbu mablagʻlar hisobidan хodimlarning lavozim maoshlariga ustama haq belgilanadi, shuningdek bir yoʻla mukofotlar va moddiy yordam toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.01.2020 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.