Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yil avgustdan oʻzini oʻzi band qilgan shaхs uchun aylanmadan olinadigan soliqni kim toʻlaydi «Huquqiy targʻibot» tizimi qanday ishlaydi Markaziy bank asosiy stavkani 14% darajasida saqlab qoldiYHQni buzganlik uchun jarimalar: yuridik shaхslar uchun yoʻriqnoma Ishga qabul qilishni qachon rad etish mumkin va qachon mumkin emas

Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi tashkil etildi

04.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 03.11.2021 yildagi PQ-5277-son qarori bilan Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Hukumatlari oʻrtasida Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi.

 

Bitim 2021 yil 11 martda Toshkent shahrida imzolangan.

 

Jamgʻarma uning hududida roʻyхatdan oʻtkazilgan va oʻz faoliyatini amalga oshiradigan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga qarz berish, kapitalida ishtirok etish va ular bilan munosabatlarda boshqa moliyaviy instrumentlardan foydalanish yoʻli bilan Qirgʻiziston iqtisodiyotining ustuvor sektorlarida oʻz хarajatlarini oʻzi qoplaydigan loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshiradi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Jamgʻarmaning ustav kapitalida Oʻzbekiston Hukumati ulushini shakllantirish, istisno tariqasida, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga bosqichma-bosqich ajratiladigan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.