Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yetkazib beruvchi oldida qarz yoʻq, lekin inkasso qoʻyildi: kompaniya undiruvni toʻxtatishga qanday muvaffaq boʻldi Bojxona QQSini mamlakat ichkarisida ortiqcha toʻlov hisobiga kim kamaytira oladi Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin Foizsiz qarz shartnomasi: qanday qilib xatolarsiz rasmiylashtirish mumkin

Oʻzbek futboli 3 yilga barcha soliqlardan ozod etiladi

19.07.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 18.07.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqidagi” OʻRQ-857-son Qonun imzolandi.

 

2023 yil 1 yanvardan  2026 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:

  • barcha turdagi soliqlarni (ijtimoiy soliq bundan mustasno);
  • oʻzi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;
  •  Oʻzbekistonga olib kiriladigan, Oʻzbekistonda oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sun’iy oʻtlar, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun QQSni.

 

Rejaga koʻra, ushbu chora yosh va iqtidorli oʻyinchilarni tanlab olish tizimi va ularni professional sportchi sifatida tayyorlash, shuningdek futbol klublari faoliyatini rivojlantirish uchun xizmat qiladi.

 

Ma’lumot uchun: Soliq kodeksiga oʻtgan yil oxirida oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlib, ularning ayrimlari qator soliq imtiyozlarini bekor qilishga qaratilgan.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan.

 

Sobir Nurberdiyev.