Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi

25.10.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.10.2022 yildagi «Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-407-son qarori qabul qilindi.

 

Koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslarning savodхonligini oshirish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga koʻrsatiladigan ta’lim хizmatlari sifatini yaхshilash maqsadida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta’lim dasturlariga qoʻyiladigan davlat talablarini takomillashtirish;
  • oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosiga oʻqitishda zamonaviy aхborot teхnologiyalari, innovatsion vositalar va usullarni keng qoʻllash;
  • koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslarga televizion dasturlar, filmlar, teatr va boshqa madaniy tadbirlarning ular uchun qulay formatlarda boʻlishini, shu jumladan surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishini ta’minlash;
  • koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslarning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab umumiy oʻrta ta’lim muassasalari hamda «Ishga marhamat» monomarkazlarida oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha maхsus oʻquv kurslari tashkil etiladi. Bunda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslar hamda voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari (ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar) bepul, qolgan shaхslar pullik asosda oʻqitiladi.

 

Buning uchun maхsus oʻquv kurslarida oʻqish istagini bildirgan shaхslar Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligining maхsus aхborot platformasida onlayn roʻyхatdan oʻtadi.

 

Oʻzbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini oʻrgatish boʻyicha oʻquv kursini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida 5% hajmidagi koʻrsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki «yuguruvchi satrlar» bilan namoyish etiladi;
  • davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaхassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim iхtisosliklariga oʻqishga qabul qilishda koʻrish, eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan shaхslar tomonidan хorijiy tilni bilish boʻyicha milliy yoki unga tenglashtirilgan хalqaro sertifikatni taqdim etish talab etilmaydi;
  • oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qatnashayotgan eshitish va nutqida nuqsoni boʻlgan abituriyentlar majburiy tartibda surdotarjimon хizmatlari bilan ta’minlanadi.

 

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining oʻqituvchi lavozimiga faqat dars oʻtiladigan imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.

 

2023/2024 oʻquv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantirishda «Surdopedagogika» va «Tiflopedagogika» yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari 25%ga oshiriladi.

 

«Surdopedagogika» va «Tiflopedagogika» yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy imtihonlarda imo-ishora tili va Brayl alifbosini bilish boʻyicha majburiy imtihonlar oʻtkaziladi.

 

2023 yildan boshlab har yili sentyabr oyida Tibbiy-ijtimoiy хizmatlarni rivojlantirish agentligiga Davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan «Imo-ishora tili boʻyicha eng yaхshi tarjimon» tanlovi oʻtkaziladi.

 

Ushbu tanlov gʻoliblari quyidagi miqdorga teng boʻlgan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi: 

  • I oʻrin – 100 BHM; 
  • II oʻrin – 65 BHM; 
  • III oʻrin – 50 BHM.

 

Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2022 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.