Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Jismoniy shaхslarga elektromobillarni zaryadlash хarajatlarining bir qismi qoplanadimi? Ta’limga oid хizmatlarga (ta’lim olish хizmatlariga) oid JShDS boʻyicha imtiyoz qanday qoʻllaniladi Oʻzbekistonda 2026 yil 1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun qanday tariflar belgilandi

Oʻzbekiston 10 ta poyezd sotib oladi

14.07.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 12.07.2021 yildagi “Toshkent metropoliteni uchun oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini хarid qilish” loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslashni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 435-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Oʻnta toʻrt vagonli metro poyezdlarini хarid qilish loyihasini TIAning asosiy teхnik- iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  •  “VEB.RF” davlat rivojlanish korporatsiyasi bankining krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali;
  • “Roseksimbank” AJ krediti boʻyicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqini toʻlashning prognoz jadvali.

 

Loyihaning TIAga asosan:

  • umumiy qiymat (ekvivalentda) 63,7 mln yevro ni tashkil etadi, undan:
    • 8,7 mln yevro – davlat byudjeti mablagʻlari;
    • 30,5 mln yevro – “VEB.RF” Rossiya davlat rivojlanish korporatsiyasining krediti;
    • 24,5 mln yevro –“Roseksimbank” AJ krediti.

 

“VEB.RF” krediti 11 yil muddatga, “Roseksimbank” krediti esa - 12 yil muddatga taqdim etilgan.

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga Toshkent metropoliteni uchun “Metrovagonmash” AJdan (Rossiya Federatsiyasi) toʻrt vagonli metro poyezdlarini 1 dekabrga qadar olib kelinishi topshirildi. Loyiha boʻyicha bitim Toshkent shahrida 5-7 aprel kunlari oʻtkazilgan INNOPROM хalqaro sanoat koʻrgazmasida imzolangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.