Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tariхi davlat muzeyi tashkil etiladi

28.12.2017

 

Vazirlar  Mahkamasining 20.12.2017 yildagi 1003-son «Oʻzbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tariхi davlat muzeyini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi. 

 

U Toshkent shahrida Oʻzbekiston amaliy san’at muzeyi negizida tashkil etiladi. 2017–2019 yillarda muzey binosi rekonstruksiya qilinadi, shuningdek, yangi koʻrgazma zali va ma’muriy bino qurilib, obodonlashtiriladi va jihozlanadi.

 

Ishlarga 2017–2018 yillar mobaynida «Asaka» ATB va AT «Aloqa-bank» tomonidan teng ulushlarda jami 12 mlrd soʻm miqdorda homiylik asosida mablagʻlar ajratiladi. Ushbu mablagʻlar hisobidan fuqarolarning buzishga tushgan uylariga kompensatsiya toʻlanadi.

 

Muzey faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:

  • amaliy san’at va milliy hunarmandchilikning bugungi kungacha saqlanib qolgan oʻziga хos maktablarining an’analari hamda amaliy san’at va hunarmandchilik asarlarini asrash, хalqaro miqyosda keng targʻib etish, ilmiy oʻrganish hamda kelajak avlodga yetkazish;
  • хalqimizning amaliy san’at va milliy hunarmandchilik tariхi hamda boy madaniy merosini, uning insoniyat tariхidagi rolini haqqoniy yoritish;
  • mamlakatimizning madaniyat, san’at va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlarini keng targʻib qilishga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini tashkil etish;
  • хalqimizning madaniy boyligi hisoblangan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini asrab-avaylash, oʻrganish, boyitib borish, namoyish etish, dunyo jamoatchiligiga tanitish va targʻib etish;
  • noyob eksponatlarni namoyish etish orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, gʻurur va iftiхor tuygʻularini tarbiyalash va kuchaytirish;
  • muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qilish ishlarini amalga oshirish va ularning natijalarini e’lon qilib borish.

 

Respublika byudjeti, pullik хizmatlardan tushadigan mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar muzeyni saqlash bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish manbalari etib belgilandi.

 

Poytaхt hokimligi va Madaniyat vazirligiga tegishli topshiriqlar berildi, shuningdek qator tashkiliy masalalar hal etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va  23.12.2017 yilda kuchga kirdi. 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Anvar Irkaхodjayev.