Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Oʻzbekiston Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo boʻldi

17.09.2025

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.09.2025 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo boʻlish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-285-son qarori qabul qilindi.


Hujjat "Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi Bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qoʻshilishi toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.

 

Qayd etilishicha, YeOTBning ustav kapitalida Oʻzbekiston Respublikasiga har birining nominal qiymati 1 000 AQSh dollari boʻlgan 777 777 ta aksiya taqsimot qilingan, shundan 168 411 tasi (21,7%) – pul toʻlanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3%) – talab boʻyicha toʻlanadigan aksiyalar.

 

YeOTB ustav kapitalidagi aksiyalarni хarid qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan toʻlovlar jadvali tasdiqlandi.

 

Bu maqsadlar uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablagʻlarni ajratadi, 2026 yildan boshlab esa Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.09.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova