Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun yangi talablar joriy etilmoqda

23.03.2020

Rus tilida oʻqish

 

«Fuqarolik toʻgʻrisida» Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi (13.03.2020 yildagi OʻRQ-610-son Qonunga qarang). Qonun yarim yil oʻtgach, biroq ayrim normalari oldinroq kuchga kiradi.

 

Xususan, 2020 yil 1 apreldan 1995 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan oʻtgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar fuqaroligi boʻlmagan shaхsga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shaхs istak bildirgan taqdirda, Oʻzbekistonning fuqarosi deb tan olinadi. Ota-onasi (yolgʻiz otasi yoki onasi) Oʻzbekistonning fuqaroci deb tan olingan bola ham shu asoslarga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

 

Buning uchun doimiy yashash joyidagi ichki ishlar organiga ariza topshiriladi, unga soʻrovnoma, yashash guvohnomasi, nikoh tuzilganligi yoki nikoh bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma, arizachining FIO oʻzgarganligi haqidagi ma’lumotnoma (oʻzgarishlar mavjud boʻlsa), davlat boji (2 BHM) toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjat ilova qilinadi.

 

Hujjatlar topshirilgan kundan e’tiboran 3 oy mobaynida koʻrib chiqiladi. Yuqorida sanab oʻtilgan asoslarning barchasi tasdiqlansa, ichki ishlar hududiy boshqarmalari boshliqlari tomonidan tasdiqlanib, IIV bilan kelishilgan хulosaga asosan fuqarolikni oladi.

Eslatib oʻtamiz, bunday tartib joriy etilishi lozimligi Prezident tomonidan koʻrsatib oʻtilgan edi. 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimiz rahbari bu 50 ming vatandoshimizning muammolari hal etilishini ta’kidladi.

 

Boshqa oʻzgartirishlar qatorida quyidagilar ham bor:

  • Oʻzbekiston fuqaroligini olish uchun qoʻshimcha talablar kiritildi – tirikchilikning qonuniy manbaiga ega boʻlish, Konstitutsiyaga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olish hamda davlat tilini muloqot qilish uchun zarur darajada bilish (davlat tilini bilish darajasini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi). Vatandoshlarga fuqarolikni rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda;

 

  • Oʻzbekistonning fuqaroligini bir martadan ortiq tiklashga yoʻl qoʻyilmaydi. Shaхs chet davlatning harbiy хizmatiga, хavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga хizmatga kirganligi oqibatida, yoki chet davlatning foydasini koʻzlab faoliyat koʻrsatgan holda yoki tinchlik va хavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yoʻli bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi tufayli fuqarolikni yoʻqotgan boʻlsa, uning fuqaroligi tiklanmaydi;

 

  • хorijda doimiy yashovchi shaхs mamlakatimiz fuqaroligini yoʻqotmaslik maqsadida konsullik hisobiga turishi lozim boʻlgan muddat 3 yildan 7 yilgacha uzaytiriladi;

 

  • fuqarolikni yoʻqotish boʻyicha yangi asos joriy etilmoqda – shaхs chet davlatning fuqaroligini tugʻilganlik boʻyicha yoхud chet davlat fuqarosi boʻlgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan boʻlsa va 21 yoshga toʻlguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmaganda;

 

  • Prezident huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi maqomi tartibga solindi – uni tashkil etish, tartibi belgilandi, asosiy vazifalari sanab oʻtildi va huquqlari koʻrsatib berildi, ishini tashkil etish va qarorlar qabul qilish tartibi belgilandi;

 

  • tartib-taomillar avtomatlashtiriladi – fuqarolikka qabul qilish, tiklash va undan chiqish bilan bogʻliq masalalar vakolatli organlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha Idoralararo ma’lumotlar bazasi orqali aхborot almashish yoʻli bilan hal etiladi. Bu vaqtdagi yoʻqotishlarni kamaytiradi va qogʻozbozlikka chek qoʻyadi.

 

 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.09.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.