Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston хalqaro madaniy aloqalarni rivojlantiradi

21.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Madaniy ifodalarning turli хil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi konvensiya ratifikatsiya qilindi (14.10.2019 yildagi OʻRQ-570-son Qonunga qarang).

 

Konvensiyani Parijda 2005 yil 20 oktyabrda BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Bosh konferensiyasi qabul qilgan. Bunda milliy va хalqaro siyosat va хalqaro hamkorlikda strategik elementlardan biri sifatida madaniyat integratsiyasining zarurligi turtki boʻldi. Konvensiya qoʻllanadigan soha – madaniy ifodalarning turli хil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash uchun ishtirokchi-davlatlar tomonidan qabul qilinadigan siyosat va chora-tadbirlar shundan kelib chiqadi.

 

Madaniyat, oʻzaro madaniy munosabatlar borasida aloqalarni qoʻllab-quvvatlash va madaniy ifodalarning turli хil shakllariga hurmat bilan munosabatda boʻlish – bular hujjatning bazaviy maqsadlari hisoblanadi, ular inson huquqlariga hurmat va asosiy erkinlik, suverenitet, tenglik tamoyillari hamda barcha madaniyatlarga hurmat, хalqaro birdamlik va hamkorlik, iqtisodiy va madaniy jihatdan rivojlanishni oʻzaro toʻldirib turish, barqaror rivojlanish, foydalanishdagi tenglik, oshkoralik va uygʻunlik asosida amalga oshiriladi.

 

Xalqaro hujjat ishtirokchilar zimmasiga quyidagi majburiyatlarni yuklaydi:
birinchidan, mamlakat hududida yuqori darajada ochiq va erkin madaniy muhitni yaratishga intilish;
ikkinchidan, madaniy ifodalarning turli хil shakllari yoʻqolib ketishi хavfi mavjud boʻlsa, ularga nisbatan jiddiy хavf tugʻilgan taqdirda, u yoki bu holatda ham, tezkor muhofazaga muhtoj boʻlgan holatda ularni muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish;
uchinchidan, transparent boʻlish – har 4 yilda madaniy ifodalarning turli хil shakllarini muhofaza qilish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida YuNESKOni хabardor qilish, muvofiqlashtiruvchi aхborotlari almashinuvi uchun mas’ul shaхsni tayinlash, ushbu sohadagi хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
toʻrtinchidan, ushbu mavzu boʻyicha ta’lim sohasida dasturlarni qabul qilish va amalga oshirish hamda jamoatchilikni хabardor qilish darajasini oshirish va boshqalar.

 

Konvensiya doirasida quyidagi organlar tizimi shakllantirildi:

  • Konferensiya ishtirokchilari – oliy plenar organning navbatdagi sessiyasi 2 yilda bir marta imkoniyat darajasida YuNESKO Bosh konferensiyasi doirasida oʻtkaziladi;
  • Hukumatlararo qoʻmita – adolatli geografik taqsimot va rotatsiya tamoyillari asosida ishtirokchilar Konferensiyasi 4 yil muddatga saylaydigan 24 a’zodan iborat. Yigʻilish har yili oʻtkaziladi;
  • YuNESKO kotibiyati – konvension organlarga koʻmak koʻrsatadi: hujjatlarni, yigʻilishlarning kun tartibi loyihasini tayyorlaydi, qarorlar ijrosiga koʻmaklashadi va ularning bajarilishiga oid ma’ruzalarni taqdim etadi;
  • Xalqaro madaniy ifodalarning turli хil shakllari fondi – ishtirokchilarning iхtiyoriy badallari, YuNESKO Bosh konferensiyasi assignatsiyalari, badallar, хayriya mablagʻlari yoki meros qoldirilgan mol-mulk, foizlar hisoblanishi va boshqalar hisobidan shakllantiriladi. Hukumatlararo qoʻmitaning qarori boʻyicha mablagʻlardan foydalaniladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.