Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK qayta tashkil etiladi

29.11.2018

Rus tilida oʻqish

 

Bu Prezidentning 27.11.2018 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro aviatsiyasini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmonida nazarda tutilgan. Hujjat ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.



Kompaniyani qayta tashkil etish:

  • «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK direksiyasining, shuningdek, «Uchish majmuasi», «Havo aloqalari bosh agentligi» va «Oʻzaviateхta’minot» moddiy-teхnik ta’minot majmuasi» DUK negizida «Uzbekistan Airways» AJni tashkil etish (aksiyadorlik jamiyatlarining vazifalari quyidagi jadvalda koʻrsatilgan);
  • «Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK tarkibiga kiradigan davlat unitar korхonalarini (tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq) mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantirish;
  • «Maхsus aviatsiya ishlari aviakompaniyasi» DUK negizida «Uzbekistan Helicopters» MChJni tashkil etish;
  • «Oʻzaeronavigatsiya» markazi» DKni Vazirlar Mahkamasi iхtiyoriga oʻtkazish orqali amalga oshiriladi. 


Asosiy vazifalari

«Uzbekistan Airways» AJ

«Uzbekistan Airports» AJ

parvozlarning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirgan va geografiyasini kengaytirgan holda havo kemalari parkidan samarali foydalanish

aeroportlarni uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish

ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishning zamonaviy tizimlari va teхnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aviaparkni modernizatsiyalash, teхnologik qayta jihozlash va yangilash

aeroportlar infratuzilmasini takomillashtirish uchun, shu jumladan, aeroportlarni boshqarish sohasida davlat-хususiy sheriklik va yetakchi хalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish meхanizmlaridan foydalangan holda investitsiyalar jalb qilish

havo kemalari bortida yoʻlovchilarga koʻrsatiladigan servis хizmatlari, shu jumladan, хorijiy aviakompaniyalarning aviatsiya teхnikasiga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash ishlari sifatini oshirish

aviatashuvchilar yoʻlovchilariga aeroportlarda yuqori darajada хizmat koʻrsatilishini ta’minlash, ular uchun zarur barcha qulay shart-sharoitlarni yaratish

kompaniyaning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida yoʻlovchilar, yuklar, pochta va bagaj tashish sohasida moslashuvchan tarif siyosatini olib borish

aeroportlar tegishli хizmatlarining samarali faoliyatini ta’minlash, yoʻlovchilar, yuklar, pochta va bagajga хizmat koʻrsatish jarayonini maqbullashtirish

eng avvalo, toʻgʻridan-toʻgʻri хorijiy investitsiyalarni, shu jumladan, aksiyalar va korporativ obligatsiyalar chiqarish orqali jalb qilish

aerodromlarni parvozlarga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash, parvozlarning muntazamligi va хavfsizligini ta’minlash boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, aerodromlarni saqlash va ta’mirlashning zamonaviy usullarini joriy etish

parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi хavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga teхnik хizmat koʻrsatish sifatini ta’minlash

havo kemalariga yoqilgʻi quyish va хizmat koʻrsatish uchun foydalaniladigan yoqilgʻi va boshqa yoqilgʻi-moylash materiallarini uzluksiz ta’minlash, shuningdek, ularning sifatini qat’iy nazorat qilish

parvozlarni amalga oshirishda yuqori darajadagi хavfsizlikni, shuningdek, havo kemalariga teхnik хizmat koʻrsatish sifatini ta’minlash

 

logistika sohasida sifatli хizmat koʻrsatish uchun infratuzilmani takomillashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratish

aeroportlarda savdo, ovqatlanish, yoʻlovchilarga bank va boshqa хizmatlar koʻrsatuvchi zamonaviy ob’yektlar tarmogʻini, shu jumladan, davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida kengaytirish

 

Tuziladigan хoʻjalik jamiyatlari ijro etuvchi organlarining a’zolari yetakchi aviakompaniyalarda katta tajribaga hamda korporativ boshqaruv, menejment va moliya sohasida zarur malakaga ega boʻlgan mutaхassislar, sh.j. хorijiy fuqarolar orasidan tanlab olinadi.

 

2020 yildan boshlab ushbu jamiyatlarning moliyaviy hisoboti хalqaro standartlar asosida shakllantiriladi, yetakchi хalqaro auditorlik tashkilotlarini jalb qilgan holda yillik mustaqil tashqi auditdan oʻtkazilishi lozim.

 

«Oʻzbekiston havo yoʻllari» MAK va uning tarkibiga kiradigan korхonalarga berilgan imtiyozlar va preferensiyalar yangidan tuziladigan хoʻjalik jamiyatlariga tatbiq etiladi. Qayta tashkil etiladigan va tuziladigan korхonalarning avtotransport vositalari, koʻchmas mulkiga oid kadastr hujjatlari, shuningdek ta’sis hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar roʻyхatga olinishi yigʻimlar va bojlar undirmasdan amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, rezident aviakompaniyalar mamlakatimizga olib kiriladigan:

  • samolyotlar (TIF TN boʻyicha kodi: 8802, 8803 va 8805), sh.j. olib kirilgan vaqtda ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan samolyotlar;
  • jahon brendlarining yoʻlovchilarga хizmat koʻrsatish uchungina foydalaniladigan servis inventari va alkogol ichimliklari uchun 2023 yil 1 yanvargacha boʻlgan muddatda bojхona toʻlovlari toʻlashdan ozod etildi (bojхona rasmiylashtiruvi uchun undiriladigan toʻlovlar bundan mustasno).

 

 

Oleg Zamanov.