Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston JSTga a’zo boʻlishi uchun maхsus komissiya tuzildi

01.06.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 28.05.2020 yildagi «Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 339-son qarorni qabul qildi.

 

Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha Idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda – Idoralararo komissiya) Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi va yoʻnalishlarni belgilaydigan kollegial organ hisoblanadi. Nizom bilan Idoralararo komissiyaning vazifalari va funksiyalari, tarkibi, faoliyatini tashkil etish va ishlash tartibi belgilangan. 

 

Quyidagilar Idoralararo komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • JST Kotibiyatiga yoki JSTga a’zo mamlakatlarga kelgusida yuborish uchun Idoralararo komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilgan hujjatlarni kelishish va tasdiqlash;
  • JST qoidalari va tamoyillariga muvofiqlashtirish va uygʻunlashtirish maqsadida Idoralararo komissiya a’zolari va sohaga oid ishchi guruhlarning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarini kelishish;
  • JST bilan ishlash boʻyicha muzokaralar guruhi bilan birgalikda strategik masalalar boʻyicha, shu jumladan, Oʻzbekistonning JSTga kirishi shartlari, shuningdek, JST a’zosi boʻlgan mamlakatlar bilan ikki tomonlama, koʻp tomonlama va har taraflama savdo muzokaralari jarayonidagi kelishuvlar va shartnomalar boʻyicha Oʻzbekistonning umumiy pozitsiyasini ishlab chiqish.

 

Idoralararo komissiya oʻz faoliyatini yigʻilishlar shaklida amalga oshiradi, ular bir yilda kamida ikki marta oʻtkaziladi. Idoralararo komissiya yigʻilishlariga materiallarni tayyorlash uning Kotibiyati – Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining JST bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Koʻriladigan masalalar boʻyicha qarorlar komissiya a’zolari tomonidan ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

 

Idoralararo komissiya Vazirlar Mahkamasiga oʻtkazilgan yigʻilish yakunlari boʻyicha hisobot kiritadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.05.2020 yildan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.