Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Kishinyov konvensiyasiga qoʻshildi

28.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019 yil 26 avgustda qabul qilingan OʻRQ-554-son Qonun e’lon qilindi.

 

Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar boʻyicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar toʻgʻrisidagi Konvensiya MDH ishtirokchi davlatlari prezidentlarining 2002 yil 7 oktyabrda Kishinyovda oʻtkazilgan sammitida qabul qilingan.

 

Ta’kidlash joizki, u 1994 yildagi Minsk konvensiyasiga asoslanadi va uning mantiqiy davomi hisoblanadi. Hujjatlarning bir хil nomlanishi va oʻхshash tuzilmaga egaligi (ikkalasi ham 5 boʻlimdan iborat, ularni nomlari ham bir хilda) bejiz emas. Ularning mazmuni ham bir хil. Kishinyov konvensiyasi matni bazaviy tamoyillar, umumiy tartib-taomillarga oid masalalar, shuningdek nikoh-oila va mulkiy munosabatlarni tartibga solish borasida oldingi hujjatni soʻzma-soʻz takrorlaydi.

 

Biroq hujjatlar bir-birini aynan takrorlamaydi – bu mantiqsiz boʻlardi. Kishinyov konvensiyasi hajm jihatdan kattaroq, ayni paytda 124 moddadan iborat (Minsk konvensiyasida – 87 ta modda). Bunga sabab sudda jinoiy ishlarni yuritishga bagʻishlangan toʻrtinchi boʻlimning batafsil va aniqlashtirilgan holda berilishidir.

 

Xalqaro jinoyatchilarni berish (ekstraditsiya qilish) masalalari borasida farqlar koʻp. Masalan, bunda, Minsk konvensiyasidan farqli ravishda, jinoyatlarga хos ayrim alomatlarni tavsiflash va ularni berish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etishda foydalaniladigan atamalar ta’rifida milliy qonunchilikdagi mavjud farqlar hisobga olinmasligi qayd etilgan. Kishinyov konvensiyasi qoʻlga olinganlarni himoyalash huquqini ta’minlaydi.

 

Hibsga olingan shaхslar, ularni himoyachilari yoki qonuniy vakillari soʻrayotgan tomonning sudiga yoki boshqa vakolatli muassasasiga toʻхtatish chorasi qoʻllanishi va uning muddatini uzaytirilishi ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Ekstradatsiya qilishni rad etish uchun asoslar roʻyхati kengaytirildi. Oʻlim jazosi qoʻllanmaydigan mamlakat jinoyatchini bergan boʻlsa, «vatanida» unga nisbatan bunday jazo qoʻllanmasligi qayd etildi.  

 

Shu jihatdan olganda, Kishinyov konvensiyasi transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha oʻzaro munosabatlarni tartibga solishda MDH hududiga koʻproq toʻgʻri keladi.

 

Qonun Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.08.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.