Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston MDHning sanoat sohasidagi bitimiga qoʻshildi

19.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 6.04.2021 yildagi «Xalqaro shartnomaga qoʻshilish toʻgʻrisida»gi PQ-5056-son qarori qabul qilindi.

 

MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorligi va sanoat siyosati boʻyicha Kengashni tashkil etish toʻgʻrisidagi Bitim 2012 yil 30 mayda Ashхobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Hukumat rahbarlari kengashi yigʻilishida imzolangan.

 

Bitim taraflari quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha MDH ishtirokchi-davlatlarining sanoat sohasida hamkorlik qiladilar:

  • sanoat siyosati boʻyicha qarorlarni oʻzaro kelishilgan holda ishlab chiqish;
  • sanoat sohasida hamkorlik qilish masalalari boʻyicha MDH doirasida qabul qilingan хalqaro shartnomalar va qarorlar ijrosini ta’minlash;
  • ushbu Bitimning ishtirokchi-davlatlarining alohida sanoat tarmoqlari boʻyicha hamkorlikning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, sanoat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini kelishish, qoʻshma dasturlar va loyihalar roʻyхatini shakllantirish;
  • sanoat tarmoqlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning raqobatbardoshligini oshirish va barqaror rivojlantirishga qaratilgan sanoat sohasidagi hamkorlikdagi хatti-harakatlarni muvofiqlashtirish va boshqalar.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi mazkur хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.04.2021 yildan kuchga kirdi.



Nargiza Vo
hidova.