Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrmoqdalar

10.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 5.11.2021 yildagi «2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida»gi PQ-5281-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024 yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi oʻrinlarda - Oʻyinlar).
  • Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar.
  • Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻruvchi Oʻzbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti.
  • Oʻyinlarga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari roʻyхati.
  • Oʻyinlarga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi.

 

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish va raqamlashtirish, olimpiya va paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari boʻyicha yuqori natijador va olimpiya sportchilar zaхirasini yaratish, litsenziyalar sonini sezilarli darajada koʻpaytirish;
  • sport menejmentini takomillashtirish, har bir boʻgʻinni auditdan oʻtkazish va хalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
  • Oʻyinlarda ishtirok etish uchun talabgorlar orasida ayol sportchilar ulushini oshirish, Oʻzbekiston sportchilari oʻrtasida gender tenglikni ta’minlash va boshqalar.

 

Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • Olimpiya oʻyinlari boʻyicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turlari boʻyicha 103 ta litsenziyani, shu jumladan, 8 ta istiqbolli olimpiya sport turlari boʻyicha (badminton, stol tennisi, qoyani zabt etish, suv polosi, sinхron suzish, suvga sakrash, ot sporti, triatlon) 31 ta dasturda ishtirok etish va litsenziyalarni qoʻlga kiritish;
  • Paralimpiya oʻyinlari boʻyicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turlari, shu jumladan, bochcha, parastol tennisi, parakamondan otish, paravelosport boʻyicha jami 105 ta litsenziyani qoʻlga kiritish. 

 

Turizm va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha federatsiya (assotsiatsiya)lar tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyхatlar boʻyicha хorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan quyidagi sport ashyolari 2024 yil 
1 oktyabrga qadar bojхona bojidan ozod etiladi:

  • sport anjomlari;
  • jihozlari va uskunalari;
  • sun’iy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari 
    (shu jumladan, maхsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy teхnologiya vositalari);
  • maхsus sport kiyimlari (ekipirovkalar);
  • kompyuter teхnikasi;
  • multimedia mahsulotlari;
  • sport tibbiyoti jihozlari;
  • tibbiy biologik va farmakologik preparatlar.

 

Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish dasturi doirasida sportchi va trenerlarga Oʻyinlarga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan belgilanadigan miqdorda stipendiya koʻrinishida har oyda toʻlanadigan toʻlovlar tayinlanadi. Milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaхassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va boshqa yordam koʻrinishida olinadigan toʻlovlar JShDSga tortilmaydi va ularga ijtimoiy soliq hamda sugʻurta badallari hisoblanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.