Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Turkiy investitsiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qildi

07.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 01.11.2023 yildagi «Turkiy investitsiya jamarmasini ta’sis etish toʻrisidagi Bitimni (Anqara, 2023 yil 16 mart) ratifikatsiya qilish haqida»gi OʻRQ-875-son Qonun imzolandi.


Belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari Oʻzbekistonning Turkiy investitsiya jamgʻarmasidagi ulushini Turkiy investitsiya jamgʻarmasini (TIJ) ta’sis etish toʻgʻrisidagi Bitimda nazarda tutilgan muddatlarda shakllantirish, shu jumladan uning boshlangʻich kapitalidagi 2 000ta aksiyaga obuna boʻlish bilan bogʻliq хarajatlarni moliyalashtirish manbai hisoblanadi.

 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Jamgʻarmani ta’sis etish toʻgʻrisidagi Bitimning bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Turkiy investitsiya jamgʻarmasi Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolari: Ozarbayjon, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston tomonidan tashkil etilgan. Uning ustav kapitali 500 mln dollarni tashkil etadi.

 

Oʻzbekistonning TIJda ishtirok etishi iqtisodiyotning ustuvor loyihalariga investitsiyalar oqimini oshirishga, shuningdek TDTga a’zo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga koʻmaklashadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.