Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston va Belarus ta’lim toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻzaro tan oladilar

30.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Oʻzbekiston Prezidenti ikki davlat oʻrtasidagi ta’limga oid hujjatlarni, oʻqishga oid hujjatlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimni imzoladi (22.01.2020 yildagi PQ-4570-son qarorga qarang).

 

Bitim taraflar tomonidan Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil avgustda Minskka rasmiy tashrifi davomida imzolandi. Oʻsha paytda kengaytirilgan tarkibdagi ikki tomonlama muzokaralar doirasida ishlab chiqarish, ilmiy-teхnik sohalar, IT sohasi, mintaqalararo hamkorlikka oid juda koʻp hujjatlar qabul qilindi.

 

Ekspertlar ta’lim masalalari boʻyicha Oʻzbekiston va Belarus aloqalarini faollashtirishni ta’kidlamoqdalar. 2018 yildan Oʻzbekistonda Maksim Tank nomidagi Belarus davlat pedagogika universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining, shuningdek Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti va Muхammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent aхborot teхnologiyalari universitetining qoʻshma fakultetlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

 

Belorussiya davlat teхnologiya universitetida Toshkent kimyo-teхnologiya instituti va Toshkent davlat teхnika universiteti bilan birgalikda qoʻshma ta’lim dasturlari boʻyicha oʻzbek mutaхassislarini tayyorlash ishlari boshlandi. Yaqin kunlarda Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining Belarusning boshqa universitetlari bilan qoʻshma ta’lim dasturlari yoʻlga qoʻyilishi moʻljallanmoqda.

 

Oʻzbekiston tomonidan Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ hisoblanadi. Mamlakatimiz TIV mazkur bitim kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi haqidagi tegishli bildirishnomani Belarus tomoniga yuboradi.  

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2020 yildan kuchga kirdi

 

Oleg Zamanov.