Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston va Pokiston хavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyani tashkil etdi

22.07.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.07.2022 yildagi PQ-328-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Pokiston Islom Respublikasi Hukumati oʻrtasida Xavfsizlik boʻyicha qoʻshma komissiyani tashkil etish toʻgʻrisida 2021 yil 2 noyabrda Islomobod shahrida imzolangan Protokol tasdiqlandi.

 

Komissiyaning faoliyati хalqaro terrorizm va diniy ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, narkotiklarning noqonuniy muomalasi va boshqalar keltirib chiqarayotgan kuchayib borayotgan tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

 

Tasdiqlangan hujjat ikki mamlakat vakolatli organlarining oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirish, mintaqaviy хavfsizlik va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalari boʻyicha qoʻshma qarorlarni oʻz vaqtida ishlab chiqish maqsadida Oʻzbekiston va Pokiston Xavfsizlik kengashlari apparatlari oʻrtasida muntazam maslahatlashuvlar oʻtkazish imkonini beradi.

 

Tashqi ishlar vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida Pokiston tomoniga tegishli bildirishnoma yuborish topshirildi.

 

Protokolning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati hamda tegishli idoralarga yuklatildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.