Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston yangi lokomotivlar хarid qiladi

22.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

2019-2021 yillarda lokomotivlar parkini yangilash uchun jami 226,14 mln AQSh dollarini sarflash koʻzlanmoqda (VMning 15.07.2019 yildagi 586-son qarori).

 

Osiyo taraqqiyot banki mamlakatimizga 5 yillik imtiyozli davr, yillik 0,5% qoʻshilgan olti oylik LIBOR[1] va oʻzlashtirilmagan qarz summasining 0,15%i miqdorida majburiyat uchun komissiya bilan 25 yilga 170 mln AQSh dollari ajratdi.



Oʻzbekistonning hissasi – 56,14 mln AQSh dollari ekvivalenti – oʻz ichiga soliq va bojхona imtiyozlarini ($45,06 mln) taqdim etish va ijro etuvchi mas’ul organ – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning oʻz mablagʻlarini ($11,08 mln) oladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.


 


[1]LIBOR (ingl. London Interbank Offer Rate, LIBOR)London banklararo takliflar stavkasi. London banklararo bozorida turli valyutalarda va turli muddatlarga (bir kundan bir yilgacha) mablagʻlar taklifi bilan chiqadigan banklar tomonidan taqdim etiladigan banklararo kreditlar boʻyicha oʻrtacha foiz stavkasi. Stavka Britaniya bank assotsiatsiyasi tomonidan har kuni 11:30 (Gʻarbiy Yevropa vaqti boʻyicha) tanlangan banklar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida qayd etiladi.