Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

Oʻzbekiston Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi bitimga qoʻshildi

22.05.2026

Rus tilida oʻqish

"Oʻzbekiston Respublikasining Yangi taraqqiyot banki toʻgʻrisidagi Bitimga (Fortelaza, 214 yil 15 iyul) qoʻshilishi haqida"  21.05.2026 yildagi OʻRQ-1147-son Qonun qabul qilindi.

 

Bitimning asosiy maqsadi ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish orqali iqtisodiy rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash, barqaror rivojlanishni ta’minlash va uzoq muddatli investitsiya resurslarini jalb etishdan iborat.

 

Yangi taraqqiyot banki a’zolari – Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, shuningdek, BAA, Bangladesh, Misr va Jazoir. Urugvay, Kolumbiya va Efiopiya bankka qoʻshilish jarayonida.

 

Yangi taraqqiyot banki transport, energetika va suv ta’minoti sohalaridagi loyihalarni moliyalashtiradi. Uning faoliyati iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlash, yangi ish oʻrinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan.

 

Shuningdek, bank "yashil" iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim oʻzgarishiga moslashish, tabiiy ofatlar хavfini kamaytirish, raqamli teхnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish boʻyicha dasturlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                             Lola Abduazimova