Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda AXS qanday qoʻllaniladi

13.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 11.04.2022 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllash uchun auditning хalqaro standartlarini tan olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 171-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 4.08.2021 yildagi «Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5210-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • auditning хalqaro standartlarini tan olish uchun Xalqaro buхgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish;
  • auditning хalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
  • auditning хalqaro standartlarini auditorlar, ekspertlar va ushbu standartlardan boshqa foydalanuvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
  • auditning хalqaro standartlarining davlat tilidagi matni auditning хalqaro standartlarining ingliz tilidagi matniga muvofiqligini komissiya tomonidan koʻrib chiqish tartibi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi hududida auditning хalqaro standartlarini joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.

 

Moliya vazirligiga auditning хalqaro standartlarini davlat tiliga tarjima qilishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilish, shuningdek 2022 yil 1 noyabrga qadar auditning хalqaro standartlari boʻyicha bepul oʻqitish ta’lim platformasini yaratish choralarini koʻrish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.