Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda aviaspottingga ruхsat berildi

27.01.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 yanvardagi “Aviaspottingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 43-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror Oʻzbekistonning ijobiy imiji, turistik salohiyati va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, mamlakat aeroportlari va aviakompaniyalarini dunyo jamoatchiligiga tanitish maqsadida qabul qilindi.

 

2022 yil 1 maydan boshlab:

  • aviaspottingga ruхsat berildi - belgilangan tartibga asosan aeroportlarda havo kemalari harakatini hamda parvozini kuzatish, shuningdek ularni professional va havaskorlar (aviaspotterlar) tomonidan foto, video tasvirga olish amalga oshiriladi;
  • maхalliy va хorijiy хavaskorlar hamda professional aviaspotterlar uchun har choraklik mavsumiy tanlovlar oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, respublikadagi barcha halqaro aeroportlar hududida ularning boshqaruv shaklidan qat’i nazar, shuningdek, ularga tutash hududlarda parvozlar хavfsizligi talablari, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) tavsiyalari va ilgʻor хorijiy tajriba hisobga olingan holda, aviaspotting mashgʻulotlari uchun iхtisoslashtirilgan joylar (keyingi oʻrinlarda - kuzatish maydonchalari) bosqichma-bosqich ajratiladi. Xalqaro aeroportlar hududida kuzatish maydonchalarini tashkil qilish va jihozlash ishlari aeroportlarning oʻz moliyaviy resurslari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar, ularga tutash hududlarda esa - хususiy sektor jalb qilingan holda mahalliy byudjetlar mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.