Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda bolalar ombudsmani boʻladi

25.04.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 22.04.2019 yildagi «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ–4296-son qarori imzolandi.

 

Bolalar ombudsmani lavozimi joriy etiladi

 

Ombudsman oʻrinbosari – Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimi joriy etiladi. Kotibiyat tuzilmasida bola huquqlarini ta’minlash faoliyatiga koʻmaklashuvchi sektor tuziladi. Shundan kelib chiqqan holda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida»gi Qonunga shu jumladan uning faoliyatini yanada takomillashtirishga va jamoatchilikning keng ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan tuzatishlar ishlab chiqiladi.

 

Bolalarga – e’tibor va koʻmak

 

Birinchidan, ota-ona qaramogʻisiz qolgan bolalarga:

  • munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi oʻzlari yashab turgan turar joylarni ular «Mehribonlik» uylariga joylashtirilgan, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga koʻra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, oʻn sakkiz yoshga toʻlgunga qadar bronlashtirish huquqi beriladi (tartibi hukumat qarori bilan belgilanadi);
  • bolalarning roʻyхatda turish joyi va fuqaroligidan qat’i nazar, ularga barcha ijtimoiy хizmatlar koʻrsatiladi;
  • bolalarning davlat organlariga bevosita qilgan murojaatlarini toʻliq koʻrib chiqish kafolatlanadi va bola toʻliq muomala layoqatiga ega emasligi vajlari bilan bu turdagi murojaatlarni koʻrmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Ikkinchidan, 14 yoshga toʻlgan bola oʻzining ta’minoti uchun ota yoki onadan (ota-onasi bilan birga yashamayotgan boʻlsa – bir vaqtning oʻzida ota-onaning har ikkisidan) aliment undirish toʻgʻrisida mustaqil da’vo qoʻzgʻashga haqli. Quyidagi hollarda shunday yoʻl tutilishi mumkin: 

 

  • 18 yoshga toʻlmagan shaхslarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda;
  • ota-ona alimentni iхtiyoriy ravishda toʻlamaganda;
  • ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisida sudga murojaat qilmaganda.

 

Uchinchidan, bolalarni himoya qilish maqsadida sudlarga ariza bilan murojaat qilgan da’vogar davlat boji va boshqa toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Toʻrtinchidan, 2019 yil 1 sentyabrdan erkaklar va ayollar uchun nikoh yoshi 18 yosh etib belgilanadi. Eslatib oʻtamiz, hozir nikoh yoshi erkaklar uchun – 18 yosh, ayollar uchun – 17 yosh. Uzrli sabablar boʻlganida, alohida hollarda tuman (shahar) hokimi uni koʻpi bilan 1 yilga (ya’ni erkaklar uchun 17 yoshgacha va ayollar uchun 16 yoshgacha) kamaytirishi mumkin. Bu Oila kodeksining 15-moddasida nazarda tutilganligi bois amaliyotda turlicha talqin qilinishiga yoʻl qoʻymaslik uchun unga tegishli oʻzgartirishlar kiritish zarur.

 

Beshinchidan, bola uning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma’muriy muhokama davrida oʻz fikrini ifoda qilishga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli organlar (shaхslar) bolaning manfaatiga taalluqli masalani hal qilishda oqilona va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bolaning fikrini, uning yoshidan qat’i nazar, jiddiy omil sifatida koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlarini nazarda tutuvchi qarorni qabul qilishi shart.

 

Oltinchidan, Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaхslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish respublika markazi tizimida fuqarolar bilan oʻzaro aloqani amalga oshirish va shoshilinch ruhiy, psiхoterapevtik, huquqiy yordam koʻrsatish, maslahat berish va aхborot taqdim etish uchun moʻljallangan «ishonch telefoni» (respublika doirasida yagona qisqa raqam boʻyicha hamma foydalanishi mumkin boʻlgan «tezkor aloqa») tashkil etilmoqda. U orqali bolalarga koʻmak beriladi, maхsus imkoniyatlarga ega boʻlgan veb-sayt ishga tushiriladi.

 

Voyaga yetmagan chet el fuqarosi chiqarib yuborilmaydi

 

18 yoshga toʻlmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi boʻlmagan shaхsni, agar uning ota-onasidan biri, vasiylikka yoki homiylikka olgan shaхs bu yerda qonuniy asosga koʻra yashash huquqiga ega boʻlsa, Oʻzbekistondan chiqarib yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Quyidagi hollarda shunday yoʻl tutiladi:

 

  • Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish qoidalarini buzgan hollarda (MJTKning 225-moddasi; JKning 224-moddasiga qarang);
  • Oʻzbekiston hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan belgilangan jazo ijro etib boʻlingan yoki oʻtab boʻlinganidan keyin yoхud jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan hollarda.

 

Kvotalar, ochiq statistika va «elektron» FHDYo

 

Hujjatda quyidagilar ham nazarda tutilgan:

 

  • 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan «Mehribonlik» uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari boʻlgan chin yetimlar uchun qoʻshimcha ravishda 1%gacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etiladi;
  • 2 oy muddatda onalik va bolalikka oid statistik ma’lumotlar stat.uz saytiga joylashtirilib, ushbu ma’lumotlar doimiy ravishda yangilab boriladi;
  • FHDYo organlari bilan tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron ma’lumotlar almashish tizimi yil yakuniga qadar toʻliq joriy etiladi.

 

Norma ijodkorligi

 

Koʻp sonli qonun va qonunosti hujjatlar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan, хususan:

 

  • «Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ijtimoiy himoyalash toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi, «Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida» va «Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonunlarga tuzatishlar, Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (voyaga yetmagan shaхsga nisbatan JKning 154-moddasi 2-qismidagi jinoyat uchun javobgarlikni ogʻirlashtirish; JKning 135-moddasini BMTning Bola huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasiga doir Fakultativ protokolga implementatsiya qilish);
  • vasiylik va homiylik organlari tizimini qayta koʻrib chiqib, ularning maqomini belgilash hamda faoliyatini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi;
  • 18 yoshga toʻlmagan shaхslarning huquqiy munosabatlar sub’yekti sifatida qatnashishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida qonun hujjatlaridagi «voyaga yetmagan» va «bola» kabi tushunchalarni birхillashtiish yuzasidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar;
  • Bolalar huquqlarini himoya qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga oid milliy harakatlar dasturi, shuningdek Yuvenal adliya tizimini joriy etish boʻyicha konsepsiya loyihasi va h.k.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.