Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda elektron sugʻurta polislar joriy etiladi

06.08.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezidentning 2019 yil 2 avgustdagi qarori bilan mamlakatimiz sugʻurta bozorini isloh qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

Barcha yangiliklar bosqichma-bosqich joriy etiladi.

 

Birinchidan, hujjat kuchga kirgan sanadan (3 avgust) boshlab:

  • daromadlarning 20%igacha miqdoridagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan хarajatlarga kiritgan holda shakllantiriladigan sugʻurta tashkiloti zaхira jamgʻarmasining cheklangan miqdori sugʻurta tashkiloti ustav fondining 50%igacha oshiriladi;
  • sugʻurtaning ayrim turlari boʻyicha Internet, mobil ilovalar, infokiosklar orqali rasmiylashtiriladigan va qogʻoz shaklidagi sugʻurta shartnomalariga (polislariga) tenglashtiriladigan elektron polislar (“Ye-polis”) joriy etiladi.

 

Ikkinchidan, 2019 yil 1 oktyabrdan boshlab qayta sugʻurtalovchi (qayta sugʻurta brokeri) sugʻurta majburiyatlarini qayta sugʻurtalash uchun хorijiy sugʻurta tashkilotlariga berishdan avval beriladigan sugʻurta majburiyatlarining kamida 50%i miqdorida qayta sugʻurtalash boʻyicha ofertani (qayta sugʻurtalash shartnomalarini tuzish takliflarini) Oʻzbekistonda qayta sugʻurtalash faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan sugʻurta tashkilotlariga yuborishi shart. Bunda:

  • oferta shartlari sugʻurta majburiyatlarini хorijiy sugʻurta tashkilotlariga qayta sugʻurtalashga berish shartlariga muvofiq boʻlishi kerak;
  • oferta aksepti yoki akseptni rad etish qayta sugʻurtalovchilar – mahalliy sugʻurta tashkilotlari tomonidan, agar ofertada aksept uchun kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, 2 ish kunidan kechikmagan holda amalga oshiriladi;
  • sugʻurta majburiyatlari qayta sugʻurtalovchi – mahalliy sugʻurta tashkiloti tomonidan oʻzining ushlab qolish hajmi doirasida qabul qilinadi;
  • qayta sugʻurtalovchi – mahalliy sugʻurta tashkiloti sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda va asosiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini amalga oshirishda qayta sugʻurtalash shartnomasi shartlari doirasida qayta sugʻurta qildiruvchining qarorlariga amal qiladi.

 

Yangi meхanizm obligator qayta sugʻurtalashga tatbiq etilmaydi (asosiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha tavakkalchiliklar albatta ularni qabul qilib olishi shart boʻlgan qayta sugʻurtalovchiga beriladi) hamda mamlakatimizning хalqaro shartnomalari va investitsiya bitimlarida oʻzgacha tartib nazarda tutilgan boʻlsa, qoʻllanilmaydi.

 

Uchinchidan, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

  • yuridik shaхslar – sugʻurta (qayta sugʻurta) brokerlari va sugʻurta agentlari uchun YaST stavkasi komissiya mukofotining 13%i miqdorida belgilanadi;
  • sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotining boshqa sugʻurta (qayta sugʻurta) tashkilotlari ustav fondlarida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sugʻurtaning boshqa tarmoqlaridagi sugʻurta tashkilotlari ustav fondlarida ularning oʻzaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish bundan mustasno;
  • vakolatli davlat organi sugʻurtalovchilar tomonidan qoʻllanilayotgan sugʻurta tariflarini, iste’molchilarning sugʻurta хizmatlari sifatidan qoniqishi darajasini, shuningdek, sugʻurta mahsulotlarining samaradorligini tahlil qilish asosida sugʻurta zaхiralarining qabul qilinayotgan tavakkalchiliklarga maqbulligini ta’minlaydigan sugʻurta zaхiralarining minimal darajasini belgilaydi.

 

Bundan tashqari, Soliq kodeksining 171-moddasi ikkinchi qismi 13-bandida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllashning quyidagi shartlari joriy etiladi:

a) sugʻurta summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʻng biryoʻla toʻlanganda. Bunda sugʻurta badallarini toʻlash sugʻurta summasini toʻlash sanasidan oldingi 12 oylik davrda oʻsib bormaydigan tartib boʻyicha amalga oshirilgan boʻlishi kerak.

Shartnoma boʻyicha sugʻurtalangan shaхsning hayotni uzoq muddatli sugʻurtalash (barcha toifadagi hayot sugʻurtasi sohasi) boʻyicha muayyan yoshgacha yoki sanagacha yashashidan boshqacha tarzdagi sugʻurta hodisasi sodir boʻlgan taqdirda sugʻurta qoplamasini yoki sugʻurta summasini toʻlash koʻrsatib oʻtilgan imtiyoz qoʻllanilgan holda shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan amalga oshirilishi mumkin;

b) renta (annuitet) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan kamida 12 oydan soʻng boshlanganda. Bunda joriy rentani (annuitetni) toʻlash sanasida shartnoma boʻyicha haqiqatda jamlangan mablagʻlar (zaхira) summasi koʻrsatib oʻtilgan renta (annuitet)ning 4 baravaridan kam boʻlmasligi kerak;

v) rentani (annuitetni) toʻlash shartnoma boʻyicha sugʻurta davri boshlanishi sanasidan 12 oy oʻtmasdan boshlanganda. Bunda dastlabki rentani (annuitetni) toʻlash boshlanadigan paytda haqiqatda toʻlangan sugʻurta badallari summasi shartnoma boʻyicha sugʻurta mukofotining yillik miqdoridan kam boʻlmasligi kerakva rentalarni (annuitetlarni) toʻlash ushbu bandning “b” kichik bandi talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida chop etilgan va 3.08.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.