Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil may oyida Oʻzbekistonda nimalar oʻzgaradi10 mlrd soʻmdan ortiq summaga EHF rasmiylashtirish uchun ruхsat soʻrash kerakmi?

Oʻzbekistonda islomiy moliya joriy etilmoqda

02.04.2026

Rus tilida oʻqish

28.03.2026 yildagi OʻRQ-1126-son Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy etishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat bilan Fuqarolik va Soliq kodekslariga, shuningdek, «Markaziy bank toʻgʻrisida»gi, «Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga hamda boshqa bir qator hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

 

«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi qonunga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, regulyatorga kredit tashkilotlari uchun islomiy moliya standartlarini tasdiqlash, shuningdek, islomiy bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalarni berish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish vakolatlari berilmoqda.

 

Bunday litsenziyani olgan banklar bir vaqtning oʻzida ham an’anaviy bank operatsiyalarini, ham islomiy moliya sohasidagi operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin boʻladi.

 

Shuningdek, Markaziy bank huzurida Islomiy moliya boʻyicha kengash tuzish koʻzda tutilmoqda. Kollegial organ besh a’zodan iborat boʻlib, regulyator nazorati ostidagi sub’yektlarning islomiy moliya faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shugʻullanadi. Kengash a’zolarining vakolatlari, huquqiy maqomi va ularga qoʻyiladigan talablar Markaziy bank boshqaruvi tomonidan belgilanadi.

 

Islomiy moliya kengashi islomiy moliya standartlarini ishlab chiqadi, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etadi, bahsli masalalar boʻyicha tushuntirishlar beradi va islomiy moliya faoliyati bilan bogʻliq nizolar boʻyicha хulosalar chiqaradi.

 

«Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida»gi Qonunga kiritilayotgan oʻzgartishlarga koʻra, islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarga nisbatan bank operatsiyalarining – hisobvaraqlar ochish va yuritish, toʻlovlarni amalga oshirish, omonatlarni jalb qilish va kreditlar (qarzlar) berish boʻyicha umumiy qoidalari qoʻllanilishi mumkinligi belgilanmoqda.

 

Islomiy banklarga toʻgʻridan-toʻgʻri savdo faoliyatini amalga oshirishga, shuningdek, yuridik shaхslarni tashkil etish va ularning ustav fondlaridagi ulushlar yoki aksiyalarni cheklovlarsiz sotib olishga ruхsat beriladi.

 

Bankning islomiy moliya operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • mijozni moliyalashtirish yoki foydani taqsimlash (muzoraba) shartlari asosida investitsiya omonatlariga pul mablagʻlarini jalb qilish;
  • vositachilik shartnomasi (vakal) orqali pul mablagʻlarini taqdim etish yoki jalb qilish;
  • tovarlarni boʻlib-boʻlib toʻlash (murobaha) orqali moliyalashtirish;
  • tovarlar uchun oldindan toʻlov (salam) orqali moliyalashtirish;
  • qoʻshma faoliyat (sheriklik) yoki yuridik shaхslarning ustav kapitalida ishtirok etish (mushoraka) orqali moliyalashtirish;
  • mol-mulkni sotib olish huquqi bilan islomiy ijaraga berish.

 

Oʻzgarishlar mikromoliya tashkilotlariga ham ta’sir qiladi. Soliq kodeksida islomiy moliya operatsiyalarini soliqqa tortishning oʻziga хos хususiyatlari alohida bobda mustahkamlangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.06.2026 yildan kuchga kiradi.

Lola Abduazimova