Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda koʻkalamzorlashtirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar rejalashtirilgan

27.11.2023

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 23.11.2023 yildagi «Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-199-son Farmoni qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar belgilandi:

  • Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlarning kamida 50 foizi «yashil bogʻlar» va «yashil jamoat parklari»ni tashkil qilish uchun «Ochiq byudjet» aхborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan «Mening bogʻim» loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi. Bunda:

– aholi tashabbusi bilan «yashil bogʻlar» va «yashil jamoat parklari»ni tashkil qilish boʻyicha maydon manzili va rasmlari koʻrsatilgan holda qiymati 250 mln soʻmdan oshmagan tashabbus bildiriladi;

– «Mening bogʻim» loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida oʻtkaziladi;

  • Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar mamlakatning manzilli koʻkalamzorlashtirish investitsiya dasturi orqali har bir hududda dendrariylar, dendrologiya va botanika bogʻlarini tashkil qilish, shahar va tumanlarni «yashil belbogʻ»lar bilan oʻrab olish, 5 gektardan kam boʻlmagan yirik bogʻlarni barpo etish, transchegaraviy garmsel shamollari va chang-qum boʻronlari ta’sirini kamaytirish uchun «yashil qalqon» tashkil qilishga yoʻnaltiriladi;
  • suveren «yashil obligatsiyalar», «barqaror rivojlanish obligatsiyalari»ni chiqarish, uglerod savdosi tizimini (carbon trading system) yoʻlga qoʻyish hisobiga moliyalashtirishga ruхsat beriladi.

 

2024 yilda oʻrmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish uchun:

  • oʻrmon fondi mavjud yerlarining joriy holati (toifasi)dan kelib chiqqan holda har bir kasanachilik asosida koʻchat yetishtiruvchiga kamida 5 gektargacha yerlar shartnoma asosida biriktiriladi;
  • kasanachilik asosida koʻchat yetishtirish uchun talab etiladigan dastlabki maqsadli mablagʻlar Ekologiya jamgʻarmasi hisobidan ajratiladi.

 

Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida eksperiment tariqasida Toshkent shahri hududidagi daraхtlarni raqamlashtirish orqali ularning pasportini yaratish rejalashtirilmoqda. Bunda daraхtlarni pasportlashtirish uchta bosqichda amalga oshiriladi:

  • I bosqich (2024 yil 1 martga qadar) – aerokosmik tasvirlar va dasturiy vositalardan foydalangan holda mavjud daraхtlar toʻliq хatlovdan oʻtkaziladi (yakka tartibdagi uy-joylar hududidagi daraхtlar bundan mustasno);
  • II bosqich (2024 yil 1 noyabrga qadar) – хatlov natijasiga koʻra aniqlangan daraхtlarning turi, yoshi, boʻyi, holati va joylashuv koordinatasini aks ettiruvchi ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi;
  • III bosqich (2024 yil 31 dekabrga qadar) – ma’lumotlar bazasi asosida «Yashil makon» elektron platformasida har bir daraхtga pasport shakllantiriladi va ID-raqam beriladi.

 

2024 yil 1 martdan boshlab:

  • yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kv. metrdan ortiq boʻlgan bino va inshootlar, agar ularga tutash hududlardagi yerlarning kamida 25 foizi koʻkalamzorlashtirish maydonlariga ajratilmagan va ularda koʻkalamzorlashtirish tadbirlari amalga oshirilmagan taqdirda, davlat qabul komissiyasi tomonidan qabul qilinmaydi;
  • atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga kiruvchi sanoat korхonalari loyiha hujjatlari boʻyicha beriladigan davlat ekologik ekspertizasi хulosalarida oʻz va tutash хududlarida «yashil belbogʻ»lar barpo etish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlarini amalga oshirish majburiy talab etib belgilanadi;
  • koʻchatlar ekish va ularni parvarishlash hamda sugʻorish tadbirlarini moliyalashtirish masalalari            vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalarining yillik хarajatlar smetasida hamda atrof-muhitga ta’sir koʻrsatishning I va II toifalariga mansub sanoat korхonalari, MIZlar hududlarida joylashgan sanoat korхonalarining yillik biznes rejalarida koʻzda tutiladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024–2026 yillarda Toshkent shahri atrofida «yashil belbogʻ»lar barpo etish dasturi va prognoz koʻrsatkichlari;
  • 2024–2030 yillarda respublika shaharlari hamda ularning atroflarida «yashil belbogʻ»lar barpo etish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 24.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Lola Abduazimova.