Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Oʻzbekistonda «Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi joriy etiladi

28.10.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.10.2023 yildagi «Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 561-son qarori qabul qilindi.

 

2030 yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida «yashil» iqtisodiyotga oʻtish va «yashil» oʻsishni ta’minlash boʻyicha harakatlar rejasiga (02.12.2022 yildagi PQ-436-son qaror bilan tasdiqlangan) muvofiq «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash uchun Milliy «yashil» taksonomiyani ishlab chiqish nazarda tutilgan. 

 

Hujjat bilan «Yashil» iqtisodiyot asosiy yoʻnalishlarining toifalarini belgilash hamda «yashil» turdagi faoliyatni tasniflash asosida muvofiqlik mezonlarini baholashni nazarda tutuvchi Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi tasdiqlandi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi uni joriy etish va muvofiqlashtirish boʻyicha mas’ul respublika ijro etuvchi hokimiyat organi etib belgilandi.

 

2024 yil 1 oktyabrga qadar:

  • «yashil» obligatsiyalar va kreditlar, shuningdek, boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan «yashil» turdagi loyihalarni tasniflash tajriba tariqasida Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi orqali amalga oshiriladi;
  • davlat moliyaviy koʻmagidan foydalangan barcha tadbirkorlik sub’yektlari, shu jumladan, хususiy va davlat ishtirokidagi хoʻjalik birlashmalarining investitsiyaviy хarajatlari Milliy «yashil» iqtisodiyot taksonomiyasi asosida tasniflanadi.

 

Ma’lumot uchun: «yashil» loyihalar taksonomiyasi – barqaror rivojlanishga koʻmaklashadigan va tabiiy resurslardan samarali foydalanishni oshirishga, atrof muhitga salbiy ta’sir darajasini pasaytirishga va energiya tejamkorligini oshirishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy faoliyat turlari, loyihalar va aktivlarni tasniflash tizimi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.10.2023 yildan kuchga kirdi.


Lola Abduazimova.