Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda pandemiyaga qarshi kurashish loyihasi amalga oshiriladi

04.07.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 1.07.2020 yildagi «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida «Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish dasturi» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 418-son qarori qabul qilindi.

 

2020 yil 27 mayda Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasi va Osiyo taraqqiyot banki vakillari oʻrtasida ushbu loyihani amalga oshirishga 15 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan 500 mln AQSh dollari miqdoridagi qarz mablagʻlarini taqdim etish boʻyicha muzokaralar jarayonida qarz bitimiga oid muzokaralar bayoni imzolandi. Qarz mablagʻlari Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasini toʻldirish va Davlat byudjeti хarajatlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.

 

Qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlar qarorga ilovaga muvofiq mamlakat Davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

 

Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, shuningdek OTB tomonidan ajratiladigan qarz mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.