Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yil uchun хorijiy avtotransportning kirishi va tranziti boʻyicha yigʻim stavkalari tasdiqlandi 2026 yil yanvar oyida qanday statistika hisobotlarini topshirish kerak SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar SK-2026: Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar uchun aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha oʻzgarishlar

Oʻzbekistonda Qurbon hayiti 24 sentyabrda nishonlanadi

18.09.2015

Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov 2015 yil 18 sentyabrda “Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarorni imzoladi.

 

Hujjatda qayd etilganidek, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 24 sentyabr payshanba kuniga toʻgʻri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2015 yil 24 sentyabr mamlakatimizda dam olish kuni deb belgilandi hamda bayram sifatida keng nishonlanadi.

 

Qarorda muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi oʻrni, mohiyati va ahamiyati, хalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bagʻrikenglik ramzi ekanligi qayd etilgan.  



Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlariga Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, хalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.