Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda tara uchun depozit tizimi joriy etiladi

02.08.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.07.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy joriy etish toʻgʻrisida”gi 468-son qarori qabul qilindi.

 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi ichimlik mahsulotlarining taralariga depozit tizimini iхtiyoriy joriy etish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Ichimlik mahsulotlarining iste’mol qadoqlariga depozit tizimini iхtiyoriy tatbiq etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi:

  • depozit tizimi tatbiq etiladigan taralar turlarini aniqlash, depozit toʻlovi miqdorini oʻrnatish, depozit tizimini joriy etish yuzasidan vakolatli organni хabardor qilish hamda depozit tizimini amalga oshirish;
  • mahsulotni depozitli tarada qadoqlanganligini identifikatsiya qilish uchun depozit markirovkasini amalga oshirish;
  • depozitli tarada qadoqlangan mahsulotni realizatsiya qilishda undiriladigan va depozitli tarani qabul qilishda qaytariladigan depozit toʻlovini amalga oshirish;
  • depozitli tarani yigʻishni tashkil etish va oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
  • depozit tizimini joriy etishda ushbu tizim ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari.

 

Mahsulotlarni depozitli tarada ishlab chiqaruvchi yoki qadoqlovchilar, ulgurji va chakana savdo sohasidagi tadbirkolik sub’yektlari, depozitli tarada qadoqlangan mahsulot iste’molchilari, yigʻish punktlari hamda depozit tizimi operatorlari depozit tizimi ishtirokchilari hisoblanadi.

 

Depozit tizimi tashabbuskori tomonidan sotuvga qoʻyiladigan har bir mahsulot birligining tarasiga iste’molchi uchun depozit toʻlovi toʻgʻrisidagi ma’lumotni oʻz ichiga olgan depozit markirovkasi tushiriladi.

 

Depozit toʻlovi iste’molchidan qoʻshimcha ravishda depozitli tarada tovarni realizatsiya qilishda undiriladi va depozitli tara belgilangan tartibda qaytarib topshirilganda, uni topshiruvchisiga qaytarib beriladi.

 

Hujjat u rasman e’lon qilingandan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi - 28.10.2021 yildan.

 

Lola Abduazimova.