Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda Tashqi savdo vazirligi paydo boʻladi

17.04.2017

 

Prezidentning 13.04.2017 yildagi «Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni OʻzAda e’lon qilindi.

 

Hujjatga binoan, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (TIAISV) Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilinadi. Yangi idora TIAISVning tashqi savdo munosabatlari qismida uning majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, halqaro majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Qisman bu Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasini tashkil etish bilan bogʻliq, unga TIAISVning qator funksiyalari berilgan. Biz bu haqda avval batafsil yozganmiz. 

 

Tashkil etilgan vazirlik vakolatli davlat organi boʻlib, tashqi savdo sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul hisoblanadi. U tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi.

 

Farmon bilan Tashqi savdo vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari tasdiqlandi, shuningdek TIAISVni qayta tashkil etish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish va amalga oshirish boʻyicha komissiya tuzildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV, 
 ekspertimiz.