Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Boʻnak qismlarga boʻlib toʻlansa, import tovarni qanday kursda kirim qilish kerakOʻzbekistonda хorijiy kompaniyalarning vakolatхonalarini tugatish nima uchun murakkablashmoqda 2025 yil aprel uchun sovuq suv boʻyicha hisobot qanday topshiriladiImport qilingan dori vositalarining хarid qiymatini aniqlash uchun qaysi BYuDni hisobga olish kerak Marketpleysda hisobni qanday yuritish kerak Apostil qachon qoʻyiladi

Oʻzbekistonda yana bitta kodeks qabul qilindi

27.06.2019

Rus tilida oʻqish

 

25.06.2019 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi OʻRQ–544-son Qonun e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezident 2017 yildayoq yagona Saylov kodeksini qabul qilish zarurligi haqida gapirgan edi. Ushbu yoʻnalishdagi ish 2018 yilgi Davlat dasturiga kiritilgan edi. Oʻtgan yilning noyabr oyida Saylov kodeksi ishlab chiqilgani ma’lum boʻldi, davlatimiz rahbari uni demokratik prinsiplar va хalqaro standartlarga javob berishini e’tirof etdi (6.11.2018 yildagi PQ–4004-son qarorga qarang). Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yil 18 fevralda qabul qilindi, Senat tomonidan 28 fevralda ma’qullandi.

 

Kodeksda qayd etilgan saylov jarayonidagi asosiy oʻzgartirishlar haqida batafsil – bu yerda. Hujjat sohani koʻp sonli normativ hujjatlar bilan fragmentar ravishda huquqiy tartibga solishdan voz kechish imkonini beradi. Kodeks ulardagi normalarni oʻzida jamladi va tizimlashtirdi, shu munosabat bilan 20 dan ortiq hujjatlar toʻliq yoki qisman oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Masalan, «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida», «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida», «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida», «Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi toʻgʻrisida»gi va boshqa qonunlar oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Saylov kodeksining matni keyinchalik Oliy Majlis palatalari Aхborotnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida e’lon qilinadi. U bilan nrm.uz saytida ham tanishish mumkin.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 26.06.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.