Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda yoʻl qurilishini rivojlantirish strategiyasini «Roland Berger GmbH» ishlab chiqadi

24.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Bu davlatga 2,6 mln yevroga tushadi. Nemis konsalting kompaniyasi teхnik topshiriqlar taqdim etilgan kundan boshlab, 120 kundan koʻp boʻlmagan muddatda ishlab chiqishi kerak (VMning 22.05.2019 yildagi 425-son qaroriga qarang).

 

Haqiqatdan bajarilgan ishlar boʻyicha haq toʻlash Vazirlar Mahkamasining 2019 yil uchun zaхira jamgʻarmasi mablagʻlaridan amalga oshiriladi.

 

Transport vazirligi investitsiyalar va tashqi savdo, iqtisodiyot va sanoat, moliya, qurilish vazirliklari bilan kelishilgan ishlab chiqish boʻyicha teхnik topshiriqni tasdiqlaydi. Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi mas’ul ijro etuvchi agentlik hamda organ hisoblanadi.

 

Qaror bilan loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tashkiliy masalalar ham tartibga solingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2019 yildan kuchga kirdi.


Oleg Zamanov.