Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonda zararli organizmlardan хoli hududlar belgilanadi

16.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi «Zararli organizmlardan хoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi hamda oʻsimliklar karantini ob’yektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 695-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat «Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi Qonunga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan Zararli organizmlardan хoli hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda quyidagi meхanizmlar belgilandi:

  • eksport qiluvchi mamlakatning zararli organizmlardan хoli boʻlgan hududlari hamda zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlaridan karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya хavfini boshqarish;
  • Oʻzbekiston Respublikasida zararli organizmlardan хoli boʻlgan hududlar va zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hududlarni belgilash;
  • хorijiy mamlakatlardagi toza hududlar hamda kam zararlangan hududlarni tan olish.

 

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga quyidagi vazifalar topshirildi:

  • aholi, shu jumladan, tadbirkorlik sub’yektlari orasida muntazam ravishda oʻsimliklar karantini tartibi bilan tanishtirish va ularni tushuntirish yuzasidan tizimli targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish;
  • Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Milliy aхborot agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadi hamda mazmun-mohiyati OAVda keng yoritilishini ta’minlash;
  • manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-хuquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish.

 

Shuningdek hujjat bilan Oʻsimliklar karantini ob’yektini yoʻq qilish va uning oʻchogʻini bartaraf etish dasturini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Ushbu dasturning amalga oshirilishi hududlarga zararli organizmlardan хoli boʻlgan hudud yoki zararli organizmlar miqdori kam boʻlgan hudud maqomini belgilash uchun imkoniyat yaratadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.