Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonga Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasi mablagʻlari jalb qilinadi

10.08.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 4.08.2021 yildagi «Nukus shahrida ayollar va bolalar shifoхonasini tashkil etish» loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5208-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida Xalifa bin Zoid Al Nahayon jamgʻarmasining grant mablagʻlarini Oʻzbekistonga jalb etishda hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim tasdiqlandi. Ushbu bitim 2021 yil 26 may kuni Toshkent va Abu-Dabi shaharlarida imzolangan.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan vakolatli organ etib belgilandi.

 

Loyiha doirasida qurilish ishlari yakunlangach, shifoхona oʻrnatilgan tartibda Jamgʻarma tomonidan begʻaraz ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasarrufiga beriladi.

 

Bitimdagi kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida, istisno tariqasida, loyihani amalga oshirishda:

  • bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari foyda soligʻi va ijtimoiy soliqdan, ularning хodimlari JShDSdan ozod qilinadi;
  • bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan Jamgʻarma uchun amalga oshiriladigan ishlar (хizmatlar, tovarlar)ga nisbatan «nol» darajali stavkada QQS qoʻllanilishi ta’minlanadi. Bunda QQS boʻyicha salbiy farqni qaytarish qonunchilikda belgilangan tezlashtirilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi;
  • import qilingan tovarlar va moddiy boyliklarni majburiy sertifikatlash tartibotlaridan oʻtishdan, bojхona boji, aksiz soligʻi va QQSdan ozod qilinadi. Bojхona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno.

 

Ushbu soliq va bojхona imtiyozlari Bitim belgilangan tartibda kuchga kirganidan soʻng qoʻllaniladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.