Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekistonga Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi paviloni ajratiladi

30.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Prezident 2019 yil 30 may kuni Urganch shahrida imzolangan hukumatlararo bitimni tasdiqladi (29.07.2019 yildagi PQ-4405-son qaror).

 

“Oʻzbekiston Respublikasi koʻrgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazi Moskva shahridagi Butunrossiya koʻrgazma markazi hududidagi 66-pavilonda ochiladi.

 

1 478,5 kv. m  oʻlchamli maydoncha (Moskva shahri, Mir prosp., 119-uy, 66-bino) ramziy toʻlov – yiliga 1 rossiya rubli evaziga 49 yilga ijaraga beriladi. Bitimni avtomatik ravishda uzaytirish va, tegishincha, ijara munosabatlarini navbatdagi 49-yillik davrga хuddi shu shartlarda uzaytirish nazarda tutilgan.

 

Ob’yekt Oʻzbekiston tomoniga berilgunga qadar uning ichki qismi ta’mirlanadi va restavratsiya qilinadi. Tashqi qismini (fasad) joriy ta’mirlash ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi.

 

Moskva Hukumati va Toshkent shahar hokimligi bitim tomonlarining vakolatli organlari hisoblanadi. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligiga хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun davlatimiz tomonidan zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi va uni amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani Rossiya tomoniga yuborish topshirildi.

 

Mamlakatimizning majburiyatlari bajarilishi ustidan keyingi nazorat Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga zimmasiga yuklandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.