Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Oʻzbekistonliklar Yangi yilda necha kun dam oladilar

25.12.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 24.12.2024 yilda  "Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida"gi PQ-452-son qarorni imzoladi.

 

Hujjatga koʻra:  

● 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 2025 yil 4 yanvar (shanba) dam olish kuni 2 yanvar (payshanba) kuniga koʻchiriladi.   

● 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlari uchun 2 yanvar (payshanba) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

 

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar olti kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar esa ketma-ket besh kun dam oladilar:  

● 28 dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun ish kuni);

● 29 dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;

● 30 dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 31 dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 1 yanvar (chorshanba) – bayram dam olish kuni;

● 2 yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasi хodimlari uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi хodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilindi va 24.12.2024 y. kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova