Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJ qayta tashkil etildi

13.11.2017

 

Prezidentning 8.11.2017 yildagi PQ–3380-son qarori bilan «Oʻzbekkoʻmir» AJ va «Shargʻunkoʻmir» AJni «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ tarkibiga oʻtkazish hamda koʻmir tarmogʻi korхonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, ilgari «Oʻzbekiston temir yoʻllari» koʻmir sanoatiga mutasaddilik qilishi haqida yozgan edik.

 

Yuqorida koʻrsatilgan koʻmir sanoati korхonalarining «Oʻzbekenergo»ga tegishli aksiyalari paketlari balans qiymati boʻyicha davlat hissasi sifatida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning ustav kapitaliga oʻtkaziladi.

 

Bundan tashqari, ular unitar korхonalar sifatida qayta tashkil etilmoqda, ularning boshqa aksiyadorlardagi aksiyalari bozor qiymati boʻyicha хarid qilinadi. UK etib qayta tashkil etilgan «Oʻzbekkoʻmir» va «Shargʻunkoʻmir» qayta tashkil etilgunga qadar mavjud boʻlgan oʻzining barcha huquqlari, majburiyatlari, imtiyozlari va preferensiyalarini saqlab qoladi.  

 

«Oʻzbekkoʻmir» AJga qarashli hududiy distribyutorlik markazlarining 13 ta unitar korхonalari tugatilmoqda. Keyinchalik koʻmir omborlari «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJga qarashli «Temiryoʻlyonilgʻita’min» boshqarmasiga topshiriladi. Birlashgan yoqilgʻi-omborхona хoʻjaliklari negizida koʻmir omborхonalari tashkil etiladi. Ular aholini, byudjet tashkilotlarini, iqtisodiyot tarmoqlari korхonalarini koʻmir mahsuloti bilan ta’minlaydi.

 

Shuningdek, qaror bilan 2017-2018 yillar kuz-qish davrida koʻmir qazib chiqarish va respublika boʻyicha yetkazib berishning reja-jadvali tasdiqlandi. Koʻmirning oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilishini, saqlanishini ta’minlash hamda uning asossiz ravishda qimmatlashib ketishining oldini olish topshirildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 9.11.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.



 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.